Uzcard milliy to'lov tizimi yangi – Uzcard Family loyihasini ishga tushirdi. Uzcard Family oilaviy kartochkasi – qo'shimcha kartochkalar orqali oilaning barcha a'zolariga yagona hisobraqamdan foydalanish imkonini beruvchi qulay vositadir.
Xabar berishlaricha, hisobraqam egasi oilaning har bir a'zosi echib olishi mumkin bo'lgan naqd pul miqdoriga nisbatan limit o'rnatishi, bevosita tanlangan kunda xaridlar uchun ishlatishi mumkin bo'lgan mablag'lar miqdorini aniq belgilab qo'yishi mumkin.
Ayni vaqtda, qo'shimcha kartochkalar yordamida amalga oshirilgan har bir moliyaviy operatsiya haqida hisobraqam egasining mobil telefoniga SMS-bildirishnomalar kelib turadi. Kartochka nomi “oilaviy” bo'lgani bilan, qo'shimcha kartochkalarni istalgan ishonchli odamga ochib berish mumkin.
Hisobraqam egasi qo'shimcha kartochkalarga o'rnatiladigan limitlarni Uzcard tizimining Anroid va iOS uchun ilova-dasturlari, shuningdek, my.uzcard.uz manzilidagi veb-interfeys orqali boshqarib borishi mumkin.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
O‘zbekistonda Uzcard Family oilaviy plastik kartochkalari muomalaga chiqariladi