JET: 2025-yilda pulni qayerga tikish afzal – ko‘chmas mulkgami yoki bank omonatigami? Batafsil

O'zbekistondagi VISA Classic kartalariga xizmat ko'rsatish uchun eng yaxshi sharoitga ega bo'lgan Top 20 ta bank

27.11.2020
Bank.uz tahlilchilari 2020 yilda O'zbekistondagi VISA Classic debet plastik kartalarini chiqarish shartlarini o'rganib chiqdilar. Takliflarni ko'rib chiqishda 20 ta bank ishtirok etdi. Reyting banklarning rasmiy veb-saytlaridagi ma'lumotlar, saytlar yo’q bo’lgan holatlarda, banklarning aloqa markazlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida tuzildi.

25.11.2020 yilga kelib 32 ta bankning 20 tasi o'rganilayotgan kartalarni taqdim etdi.

VISA Classic debet kartalari bozorining umumiy holati quyidagicha tavsiflandi:

  • Karta ochishning o'rtacha narxi 28000 so'mni tashkil etadi. Ba’zi banklarda kartalarni bepul ochish taklifi ham mavjud ("Sanoat qurilish bank", "Xalq banki", "Aloqa" banki, "KDB banki").
  • Ko'pchilik banklarda sug’urta depoziti sifatida 10 AQSh dollarini ushlanib qolinadi. Eng kichik sug'urta depozitiga "Sanoat qurilish bank" va "Ziraat" banklari ega - 5 AQSh dollari.
  • Ko'pchilik banklar kartalar orqali tovar va xizmatlar to'lovi jarayonida 0,5% miqdorida komissiya oladilar. Bunday komissiya olinmaydigan yagona bank bu - Ravnaq bank.
  • Aksariyat banklar bankomatlaridan naqd pul olishlari uchun hech qanday to'lov olmaydilar. Qolgan banklar 0,3% dan 1,5% gacha haq olishadi.
  • Boshqa banklarda naqd pul olish uchun o'rtacha komissiya - 1,5%. "Qishloq qurilish bank" eng kam haq oladi (0,8%, lekin kamida 1 dollar).
  • Aksariyat banklar yillik xizmat haqini olmaydilar.


VISA Classic debet kartalari bozorida eng foydali taklifni "Invest Finance Bank" taqdim etdi.

VISA Classic debet kartalari uchun eng yaxshi 5 ta bank takliflari (mumkin bo'lgan maksimal qiymati 17 ball):

  1. Infin Bank - 13,5 ball
  2. Sanoat qurilish banki - 12 ball
  3. Davr bank - 11,5 ball
  4. IpakYo'li bank - 11,5 ball
  5. Asia Alliance Bank - 11,5 ball
  6. Kapital Bank - 11 ball
  7. Hamkor Bank - 11 ball
  8. Ravnaq bank - 10,5 ball
  9. Milliy Bank - 10,5 ball
  10. Ipoteka banki - 10,5 ball

To'liq reyting, shuningdek baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Umuman olganda, 2020 yilda banklarning ushbu mahsulotni ilgari surishga bo'lgan qiziqishining o’sayotgani sezilmoqda. Ba'zi banklar naqd pulni qaytarib berish, kartani tezkor ochish, virtual karta va boshqa qulayliklarni taklif qilmoqdalar, ammo bu qoidadan ko'ra ko'proq istisno. Mamlakatimizning barcha banklari 10-20 daqiqada kartalarni taqdim etishi, bank ilovasi orqali kartaning tafsilotlarini olish imkoniyatini (jismoniy emas onlayn turib), bankomatlardan naqd pul olish komissiyasiga chegirmalar taqdim etilishi, kartani sug'urtalash, oila a'zosi uchun ikkinchi kartani chiqarish, shoshilinch kartalarni almashtirish imkoniyati va sheriklik tashkilotlari orqali oshirilgan holatda naqd pul qaytarish takliflarini taqdim etib, mijozlarni yanada faol jalb qilishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. Yuqorida ko’rsatilgan va boshqa qulayliklar hamda imtiyozlar uzoq vaqtdan beri dunyoning ko'plab mamlakatlarida, shu jumladan ba'zi MDH mamlakatlarida sifat standartiga aylangan.
Manba: bank.uz
O'xshash yangiliklar
Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

30.05.2025

Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

26.05.2025

Toshkentda “Digital Uzbekistan” xalqaro PLUS-forumi bo‘lib o‘tadi

Bolalarni onlayn-firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin

22.05.2025

Bolalarni onlayn-firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin



Orphus tizimi