Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi Batafsil

O'zbekistonning “Kreditlash tizimi” jahon reytingida yuqori ko'tarildi

05.11.2015

O'zbekistonning “Kreditlash tizimi” jahon reytingida yuqori ko'tarildi

 

http://cbu.uz/sites/default/files/2015/11/doing-business.jpgMamalakatimiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib, taraqqiy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallab borayapmiz. Buning samarasi barcha sohada kuzatilayotgani kabi bank tizimida ham yaqqol namoyon bo'lyapti. Bu esa xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilayotir. 

Darhaqiqat, banklarimizning moliyaviy barqarorligi turli milliy va halqaro tashkilotlarning ijobiy bahosida sazavor bo‘lib, dunyo reytingida yuqori o‘rinlarga munosib ko‘rilmoqda. Kuni kecha Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan “Biznesni yuritish — 2016” (“Doing business — 2016”) bo‘yicha e’lon qilingan mamlakatlarning yangi reytingida O‘zbekiston qulay ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlari bo‘yicha jaxonning 189 davlati orasida 54 pog‘ona ko‘tarilib, 87-urinni egalladi. Bu oxirgi bir yil mobaynida kuzatilgan o‘sish natijasidir.

Eng yuqori o‘sish sur’ati esa “Kreditlash tizimi” bo‘yicha qayd etildi. Ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yildagiga nisbatan bir yo‘la 63 pog‘ona ko‘tarilib, 105-o‘rindan 42-o‘ringa chiqqan g‘oyatda quvonarli muvaffaqiyat sanaladi. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, so‘ngi uch yilda mazkur reyting ko‘rsatkichi 112 pog‘ona o‘sdi.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson manfaatlarini, uning farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayonda moliya muassasalari ham faol ishtirok etayapti.

Ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tezkor xizmatlar va ajratilayotgan mablag‘lar ko‘plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarish, minglab ish o‘rinlarni yaratish imkonini bermoqda. Bu “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyilini o‘z faoliyatining bosh mezoni sifatida belgilab olgan banklarimizda xizmat ko‘rsatishning barcha yo‘nalishi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib borilayotgani samarasidir. Ayniqsa, iqtisodiyotimizning yetakchi kuchiga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga jiddiy e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor.

Prezidentimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosat, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli dunyoda hali-beri davom etayotgan global muammo oqibatlarining nafaqat oldi olindi, balki banklarning moliyaviy barqarorligi ta’minlanib, kapitalashuv darajasini yanada mustahkamlashga erishildi. Bularning barchasi respublikamiz bank tizimi inqirozining salbiy ta’siridan ishonchli tarzda himoyalanganining yaqqol tasdig‘idir.

Halqaro ekspertlarning tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimida xorijiy investorlar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgan. Ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida aniq maqsadli chora-tadbirlar qabul qilingani, bank tizimi bosqichma-bosqich isloh etilayotgani, ularning resurs bazasi tobora mustahkamlanayotgani yutuqlarning bosh omili bo‘lmoqda. Pirovardida ko‘rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari sifati tubdan yaxshilanib, kreditlash va foiz siyosati barcha yo‘nalishda keng ko‘lam hamda miqyos kasb etdi. Xususan, Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi 2015 yilning 1 yanvaridan 10 foizdan 9 foizga pasaytirilganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada taraqqiy etishga keng yo‘l ochib berdi. 

Ma’lumki, Jahon banki Xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti muntazam ravishda e’lon qilib kelinadi. Bu galgisida dunyo davlatlaridagi biznes yuritish sharoiti turli mezonlarga binoan baholandi. Xususan, O‘zbekistonda kreditlashning tartib-qoidalari tadbirkor talablariga mos ravishda yildan-yilga soddalashtirilayotgani, Markaziy bank tomonidan foiz siyosati tug‘ri ishlab chiqilayotgani, qolaversa, kredit axboroti almashinuvi hamda garov ta’minoti bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish borasida qonunchilikning mustahkamlangani xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Bular esa “Kredit olish” indikatori bo‘yicha reytingini yanada yaxshilash va yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Umuman olganda, Jahon banki Xalqaro moliya korporatsiyasining bu yilgi xulosasi O‘zbekistonda tarixan juda qisqa davr ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hamda siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiruvchi yetakchi kuchga aylanganini, qulay ishbilarmonlik muhiti hamda mustahkam bank tizimi qaror topganini xalqaro miqyosda yana bir bor tasdiqladi. Bu esa davlatimiz rahbarining bank tizimini isloh qilish borasida, qabul qilgan Farmon va qarorlari, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi mamlakatimiz bank tizimi tomonidan izchil ta’minlanayotgani natijasidir. Zotan, tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xalq farovonligi va aholi turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilganligi bilan yanada ahamiyatlidir. 

Xulosa o‘rnida aytganda, O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarida rivojlanib, bank tizimining moliyaviy barqarorligi ta’minlanayotgani mustaqillikning dastlabki yillarida tanlab olingan hamda mashhur besh tamoyilga asoslangan tadrijiy taraqqiyot yo‘limizning naqadar to‘g‘ri va oqilona ekanligini qayta-qayta tasdiqlamoqda.

 

 

Manba:www.cbu.uz

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi

24.10.2024

ATTO EXPO 2024 UZCARDda: Transport kartalaridan foydalanish bo‘yicha yechimlarni namoyishi



Orphus tizimi