31.10.2014
O'zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallash uchun dadil intilmoqda. Buning samarasi barcha sohalarda yaqqol namoyon bo'layapti. Chunonchi, mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning beqiyos samaralari xalqaro miqyosda ham haqli ravishda e'tirof etilmoqda.
Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi “Biznesni yuritish - 2015” (Doing business) bo'yicha mamlakatlarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston qulay ishbilarmonlik muhiti ko'rsatkichlari bo'yicha jahonning 189 davlati orasida oxirgi bir yil mobaynida 8 pog'ona ko'tarilib, 141-o'rinni egalladi.
“Kredit olish” indikatori bo'yicha esa reyting ko'rsatkichlarining bundan-da yuqori o'sish sur'ati ta'minlandi. Ya'ni o'tgan yildagiga nisbatan bir yo'la 26 pog'ona ilgarilab, 104-o'ringa chiqdi.
Ushbu natijalar, aytish kerakki, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan taraqqiyotning “o'zbek modeli” samaralarini, makroiqtisodiy barqarorlik hamda chuqur tarkibiy yangilanishlarni o'zida ifoda etib turibdi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritishning tobora takomillashtirilib borilishi, albatta, qo'lga kiritilgan navbatdagi muvaffaqiyatimizning mustahkam poydevori bo'ldi.
Aytish joizki, keyingi yillarda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish borasida ko'plab aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu jarayonda bank tizimi bosqichma-bosqich isloh etilib, ularning resurs bazasi mustahkamlandi. Pirovardida ko'rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari sifati tubdan yaxshilandi, ayniqsa, kreditlash va foiz siyosati barcha yo'nalishlarda keng ko'lam va miqyos kasb etdi.
Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining ushbu yillik hisoboti har yili muntazam e'lon qilib kelinadi. Bu galgi hisobotda dunyo davlatlaridagi biznes yuritish sharoiti turli mezonlarga binoan baholandi.
Xalqaro ekspertlarning fikricha, O'zbekiston “Kredit olish” indikatori bo'yicha reytingini yanada yaxshilash va yuqori o'sish sur'atlariga erishish uchun katta imkoniyatlarga ega. Binobarin, respublika Markaziy banki kredit axboroti almashinuvi hamda garov ta'minoti bo'yicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan muayyan tajriba to'plagan.
Ta'kidlash joizki, O'zbekiston “Kredit almashinuvi indeksi” ko'rsatkichi bo'yicha mavjud 8 balli tizimda 7 ballga baholanishi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD)ga a'zo davlatlarga berilgan ko'rsatkichdan ko'ra ancha yuqoridir.
Umuman olganda, Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining bu yilgi xulosasi O'zbekistonda tarixan juda qisqa davr ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hamda siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo'lidan faol harakatlantiruvchi kuchga aylanganini, qulay ishbilarmonlik muhiti hamda mustahkam bank tizimi qaror topganini xalqaro miqyosda tasdiqladi.
cbu.uz
MKBank
“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi.Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan.
Push30 sizga yangi yilni yorqin taassurotlar bilan boshlash imkoniyatini tuhfa qiladi!
07.11.2024
Ozon Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda. Bu esa shuni anglatadiki, hech narsa sotmaydigan va ishlab chiqarmaydigan odamlar ham oʻz muvaffaqiyatli biznesini boshlashi mumkin.
30.10.2024
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi
O'ZBEKISTONNING KREDITLASH TIZIMI JAHON REYTINGIDA YUQORI POG'ONAGA KO'TARILDI