JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

O'zbekistonning yetakchi fintex kompaniyalarining birida iOS dasturlash sohasidagi karyerangizni boshlang!

20.02.2025

TBC Bank × payme texnika oliygohlarining 3–4-kurs talabalari va sohaga oid ma'lumotga ega bitiruvchilarni boshlang'ich iOS dasturchilari uchun maosh to'lanadigan amaliyotga taklif qiladi.

Sizga nima beramiz:

  • amaliyot — mentorlar rahbarligida real vazifalarni hal qiladigan sinov loyihalarini ishlab chiqasiz;
  • amaliyot qulay bo'lishi uchun MacBook;
  • olingan bilim va ko'nikmalarni tasdiqlaydigan sertifikat;
  • amaliyotdan keyin ishga kirish imkoniyati.

Talablar:

  • mantiqiy fikrlash qobiliyati;
  • Computer Science nazariyasini bilish;
  • rus tilida erkin muloqot;
  • ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish;
  • kamida bitta dasturlash tilini bilish (C++, Java, Objective-C, Python va hokazo);
  • Swift tilini bilish va u bilan ishlash tajribasi qo'shimcha ustunlik beradi.

Amaliyotda quyidagilarni o'rganasiz:

  • Swift tilining asoslari;
  • zamonaviy loyihalash patternlari;
  • UIKit va SwiftUI yordamida interfeys yaratish;
  • Git versiyalarni nazorat qilish tizimi bilan ishlash;
  • Figma'da dizayn bilan ishlash;
  • dasturiy ta'minot ishlab chiqishning hayotiy siklini tushunish;
  • noldan mobil ilova yaratish. 

Format:

Amaliyot 2025-yil mart oyida boshlanadi va 3 oy davom etadi.

Ish jadvali — 5/2, 10:00 dan 19:00 gacha.

Manzil — TBC Bank × payme ofisi.

Ro'yxatdan o'ting va O'zbekistondagi fintex kelajagini o'zgartiradigan yetakchi jamoaning a'zosiga aylaning.

TBC Bank

TBC Bank — O'zbekistondagi birinchi raqamli raqamli bank. 2019 yildan beri biz Markaziy Osiyoning yetakchi moliyaviy ekosistemasi bo'lgan TBC Uzbekistan'ni rivojlantiramiz. Bizning ishonchliligimiz esa Fitch agentligi tomonidan xalqaro miqyosda tasdiqlangan bo'lib, u TBC Bank'ga BB reytingini bergan.

Maqsadimiz — insonlar hayotini osonlashtirish: barcha xizmatlarni TBC UZ ilovasida — onlayn, navbatlarsiz, dam olish kunlarisiz ko'rsatamiz:

  • Omonatlar va jamg'arma — yiliga 26% gacha daromad;
  • Garovsiz va kafilliksiz kredit — 100 mln so'mgacha: javobi 1 minutda; 
  • Salom Card — 1000 so'mdan boshlab kartadagi pul uchun yillik 12% mukofot;
  • Osmon Card kredit kartasi —  istalgan xarid uchun 55 kungacha foizsiz muddat;
  • Pul o'tkazmalari va to'lovlar — bankka bormasdan, onlayn.
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi