JET: Endi komissiyasiz kartadan kartaga 57 mln so'mgacha o'tkazish mumkin Batafsil

“O’zmilliybank” AJ aksionerlarining navbatdagi yig’ilishi natijalari

24.05.2021

2021 yilning 22 may sanasida “O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ aksionerlari ishtirokida Bankning 2020 yil yakunlariga bag’ishlangan navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish doirasida Bank rahbariyatining 2020 yil bo’yicha yillik hisoboti tinglandi. 2021 yilning 1 yanvar' holatiga ko’ra “O’zmilliybank” aktivlari 79,9 trln. so’mni, kredit portfeli 65,6 trlnn. so’mni, o’z kapitali 13,9 trln. so’mni, jalb qilingan depozitlar 17,2 trln. so’mni tashkil etdi.

Yig’ilishda Bank Kuzatuv kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi Qonun talablariga ko’ra “O’zmilliybank” Boshqaruv Raisi hamda Boshqaruv a'zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini uzaytirish masalasi ham ko’rib chiqildi. Bank aksiyadorlari bir ovozdan Boshqaruv Raisi va Boshqaruv a'zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini uzaytirishni ma'qullashdi.

Shuningdek, yig’ilish davomida “Ernst&Young” MChJ AJ xalqaro auditorilik tashkilotining Bankning 2020 yildagi faoliyati natijalari haqidagi auditorlik xulosasi ham tinglanib, McKinsey & Company xalqaro kansalting tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Bankning 2021-2025 yillar uchun uzoq muddatli strategiyasi hamda Bank faoliyatning transformasiyasi ko’rib chiqildi.

Yig’ilish yakunida Kuzatuv kengashi raisi tomonidan Bank transformasiyasini tasdiqlangan uzoq muddatli strategiya asosida tezlashtirish ichki audit va xatarlarni boshqarish faoliyatini zamonaviy talablarga asosan takomillashtirish, har chorakda Kuzatuv kengashi yig’ilishlarni o’tkazish va Bankning moliyaviy ko’rsatgichlarini oshirish bo’yicha vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

07.07.2025

Kapitalbank Top EmployersInstitute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

03.07.2025

SQB mahalla bankiri — eng muhim paytda yoningizda

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

03.07.2025

SQB Insurance aksiyasi: Yozgi imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!



Orphus tizimi