O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186-son Farmonga asosan ipoteka krediti ajratish shartlari
Kredit maqsadi – uy-joy sotib olish, uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish uchun
Muddati - 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga ajratiladi.
Dastlabki badali - kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilandi.
To‘lov turi - annuitet yoki differensial
Kreditning maksimal miqdori;
Qishloq joylarda: 70 kv.m gacha 238,0 mln.so‘m
Shaharlarda: 70 kv.m gacha 309,4 mln.so‘m
Toshkent shahrida: 70 kv.m gacha 339,15 mln.so‘m
Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma olgan shaxslar uchun
Dastlabki badal bir qismini qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Dastlabki besh yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik (Toshkent shahrida 12 foizlik) punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi.
dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narxi kvartira maydonining eng ko‘p me'yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshmagan taqdirda to‘lanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
“O‘zmilliybank” AJ yangi turdagi ipoteka kreditini taklif qiladi