O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida O`zmilliybank va Vneshehkonombank 200 million AQSh dollarlik bitim imzoladi.
Vneshehkonombank kredit liniyasi O`zbekistonda strategik loyihalarni amalga oshirish uchun Rossiya uskunalar va xizmatlarni ehksport qilishni qo`llab-quvvatlashga hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida, ijhtimoiy sohada va atrof-muhit infratuzilmasini rivojlantirishda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Shartnoma yuqori texnologiyali uskunalarni eksport qilishda, Rossiya Federasiyasi tomonidan foiz stavkasini subsidiyalash mexanizmidan fojdalanish hisobiga, past foiz stavkalarida kredit resurslarini jalb ehtish imkonini beradi.
Imzolangan bitim ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga ko`maklashadi, uzoq muddatli kredit resurslarini qulay sharoitlarda jalb qilish va O`zbekiston Respublikasida yangi sarmoyaviy imkoniyatlarini yaratishga imkon beradi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida O`zmilliybank tomonidan Vneshehkonombankning O`zbekiston moliya bozoridagi faoliyatini kengajtirish va Toshkent shahrining transport va avtomobil yo`llarini modernizasiya qilish dasturlarini amalga oshirishda ishtirok ehtish takliflari kiritildi.
Ushbu taklifni amalda bajarish uchun tomonlar 100 million AQSh dollari miqdoridagi Rossiyada ishlab chiqarilgan maxsus kommunal va yo`l uskunalari texnikasini lizing shartlarida, Toshkent shahar hokimiyati, Vneshehkonombank va “VEB-Leasing" sho`ba korxonasi o`rtasida, 3 tomonlama bitim imzolanishi bilan aniqlab oldi.
“Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” Davlat korporasiyasi (Vneshehkonombank) - 1922 yilda tashkil etilgan. Rossiyaning eng yirik rivojlantirish istituti hisoblanadi (aktivlari - 51 milliard AQSh dollari) va u ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, Rossiya iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va uni innovasion asosda modernizasiyalashga ko`maklashadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi. www.nbu.uz
O`zmilliybank va Vneshehkonombank $200 millionlik hamkorlik bitimini imzoladi.