JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

O‘zmilliybankning Toshkent viloyati filiali va Akademiya filiali faoliyatini yangi manzillarda davom ettirmoqda

09.07.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyuldagi “Toshkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3142-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 avgustdagi SQ-207-III-sonli Qarorlariga asosan Nurafshon shahri Toshkent viloyatining ma'muriy markazi etib belgilanganligi munosabati bilan O‘zmilliybank Toshkent viloyati filiali Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Obod MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan yangi qurilgan bank binosiga belgilangan tartibda ko‘chirib o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zmilliybank Akademiya filiali Toshkent shahri T. Shevchenko ko‘chasi 29-uy manziliga joylashtirildi.

Mijozlarimizni mazkur manzillardagi filiallarimizda kutib qolamiz.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:

Aloqa markazi:

  • 78-148-00-10
  • 93-380-78-88
  • 93-382-78-88
  • 93-387-55-05
O‘zbekiston Milliy banki

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ 1991-yilda tashkil etilgan. Bank ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, bu uning barqarorligi va mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biri bo‘lib, aktivlari, kredit-investitsiya portfeli va omonatlari hajmi bo‘yicha bank bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bank zamonaviy xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun ishonchli hamda qulay moliyaviy yechimlarni ta’minlash orqali mamlakatning moliya tizimini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

4,5 milliondan ortiq mijozlar (jismoniy shaxslar) va 164 mingdan ortiq korporativ mijozlar (yuridik shaxslar) O‘zbekiston Milliy bankiga ishonch bildiradi.  www.nbu.uz

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram boti:      @NBU_Uz_robot


Manba: NBU
O'xshash yangiliklar
O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi

22.01.2026

So‘m ichki va tashqi omillarga vaqtincha yon berdi



Orphus tizimi