JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Oʻzsanoatqurilish bank JCB toʻlov tizimi bilan ishlashni boshladi

18.01.2021
Oʻzsanoatqurilish bank JCB toʻlov tizimi bilan ishlashni boshladi2019 yilda Oʻzsanoatqurilishbank kartaga oid protsessingni modernizatsiya qilish boʻyicha loyihani amalga oshirishni boshladi. Uning maqsadi elektron PIN-kodli xalqaro kartalarni chiqarish, multivalyuta hisob raqamlari va karta boʻyicha kredit limiti, shuningdek, aloqasiz kartalar, shu jumladan JCB xalqaro tizimlaridan foydalangan holda xizmat koʻrsatish va ekvayring tarmogʻini kengaytirishdan iborat. Bugungi kunda loyiha amalga oshirilgan, yangi karta mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. 2021 yil yanvar oyida ishlab chiqarish muhitida WAY4 yangi protsessing ishga tushirildi, unda barcha JCB kartalari egalari Oʻzsanoatqurilishbank bankomatlarida naqd pul yechishlari va bankning hamkorlari tarmogʻida xaridlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. “Mintaqada yuqori nufusga ega boʻlgan eng yirik va ishonchli banklardan biri hisoblangan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekiston Respublikasida JCB kartalarini qabul qilishni boshlaganini bildirishdan mamnunmiz. Oʻzbekiston — qadimiy tarix, boy taomlari, mehmondoʻst odamlari bilan mashhur turistik yoʻnalish hisoblanadi. Oʻzbekiston nafaqat rossiyalik sayyohlarni, balki odatda JCB kartalari egalari koʻp boʻlgan Yaponiya va boshqa Osiyo mamlakatlari va mintaqalari turistlarini oʻziga jalb qiladi. 2018 yilda vizasiz tartib joriy etilgani va bizning “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan hamkorligimiz albatta turistik oqim oshishiga hamda JCB kartalari egalari respublikaga safarlari davomida xaridlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va naqd pul yechish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi”, dedi JCB International (Eurasia) LLC bosh direktori Takasi Suesugu. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisining oʻrinbosari Ulugbek Tavakkalov taʼkidlashicha, Humo boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bankomat-terminal tarmogʻi bir vaqtning oʻzida JCB xalqaro toʻlov tizimi kartalariga xizmat koʻrsatadi. Hozirda bunday bankomat lar soni 150, bunday terminal lar soni esa 16 mingtani tashkil etadi. Maʼlumot uchun. JCB bu jahondagi yirik toʻlov brendi, yetakchi emitent va Yaponiyada kredit kartalarning xaridoridir. Kompaniya 1961 yilda tashkil topgan. 1981 yildan JCB boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqib, oʻz faoliyati doirasini kengaytirmoqda. Bankning qabul qilish tarmogʻi dunyodagi qariyb 35 million savdo vakillarini qamrab oladi. Hozirgi vaqtda JCB kartalari 140 milliondan ortiq karta egalari boʻlgan 20 dan ziyod mamlakatlar va hududlarga chiqariladi. Orqaga qaytish 67 Boshqa yangiliklarBank xodimlari Prezident Murojaatnomasi mazmuni bilan tanishdiOʻzsanoatqurilishbank: yil sarhisobi va istiqbolli rejalarYil eʼtirofi: “Oʻzsanoatqurilishbank” – 2020 yilda xalq ishonchini qozongan bankYangi yil bayrami arafasida Call-markazning ish tartibi
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi