“O‘zsanoatqurilishbank” Credit Suisse banki bilan 100 mln. yevrolik banklararo kredit bitimini imzoladi

02.08.2018
“O‘zsanoatqurilishbank” Credit Suisse banki bilan 100 mln. yevrolik banklararo kredit bitimini imzoladi Shveytsariyaning Syurix shahrida imzolangan ushbu bitim tadbirkorlik sub'yektlarining Respublikamizda investitsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bitim Yevropa Ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Koreya Respublikasi va XXR dan yuqori texnologik uskunalar, tovarlar va xizmatlar importini moliyalashtirish imkoniyatini beradi. Mazkur bitim doirasida investitsion loyihalar Euler Hermes, SERV, SACE va shu kabi boshqa eksport kredit agentliklari sug‘urta qoplamasi ostida 10 yil muddatgacha moliyalashtiriladi. Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bugungi kunda investitsion loyihalarni va tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish sohasida hamda xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar bilan hamkorlik borasida eng faol tijorat banklaridan biri hisoblanadi. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida bank tomonidan 400 mln.dollardan ortiq miqdordagi kredit liniyalari jalb qilindi. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (86 mln.dollar), Turkiya Eksimbanki (26 mln.dollar), Landesbank Berlin AG (50 mln. yevro) hamda KFV Ipeks Bankning (100 mln.evro) kredit liniyalari shular jumlasidandir.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi