“O‘ZSANOATQURILISHBANK” dan “MEGA OMONAT”!

14.11.2018
“O‘ZSANOATQURILISHBANK” dan “MEGA OMONAT”! “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan yillik 19 foizli yangi omonat joriy etildi. Omonatchilarga so‘mli Visa kartasi ham bepul beriladi. “Mega omonat” deb nomlangan yangi omonat turi bo‘yicha hisobvaraq ochgan omonatchilarga ularning arizalariga asosan milliy valyutadagi Visa plastik kartasi bepul taqdim etiladi. Omonatga mablag‘lar bank jamg‘arma kassalarida naqd va naqd pulsiz shaklda, shuningdek, “UzPSB Mobile” mobil ilovasi yordamida onlayn tarzda qabul qilinadi. Omonat muddati 777 kun. Omonatga 2 000 000 so‘mdan boshlab istalgancha pul kiritish mumkin. Omonatni saqlash davrida esa qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilinmaydi. “Mega omonat” bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatchining xohishiga ko‘ra har oy to‘lab beriladi. Omonatning saqlash muddati tugagandan so‘ng omonatchi tomonidan omonat mablag‘i talab qilib olinmasa, keyingi saqlangan davr uchun foiz daromadi hisoblanmaydi.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

16.04.2026

Octobank 2026-yilning I-choragi natijalari: barqaror o‘sish va ijtimoiy tashabbuslarga e’tibor

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

13.04.2026

Tenge Bank Central Asian Fintech Association (CAFA) a’zoligiga qo‘shildi

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi

07.04.2026

Uzum Bank Global Finance talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb topildi



Orphus tizimi