2020 yil yakuni bo'yicha banklarining eng yaxshi mobil ilovalari reytingi Batafsil

O‘zsanoatqurilishbank «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021»da ishtirok etdi

04.03.2021
O‘zsanoatqurilishbank «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021»da ishtirok etdi O‘zsanoatqurilishbank joriy yilning 1-3 mart kunlari jahonning yetakchi banklaridan biri - J.P.Morgan tomonidan onlayn formatda tashkil etilgan «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021» anjumanida ishtirok etdi. Unda xalqaro investitsion fondlar, Yevropa davlatlari va AQShda investitsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turli darajadagi boshqaruvchi kompaniyalar hamda manfaatdor tarmoq tashkilotlari vakillari, sarmoyadorlar va ekspertlar qatnashdi. Tadbirning asosiy kun tartibida moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotni hisobga olgan holda zarur moliyalashtirish manbalarini jalb qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Unda shuningdek, O‘zbekistonda moliyaviy sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida investitsion hamjamiyatni keng xabardor qilish va shu orqali mamlakatimizdagi listing kompaniyalarning xalqaro bozorga chiqishini rag‘batlantirish masalalari ilgari surildi. Anjuman davomida tashkil etilgan o‘ndan ziyod uchrashuvlar va taqdimotli chiqishlar doirasida istiqbolli investorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar bank tomonidan muassasa barqarorligini saqlashga omil bo‘luvchi moliyaviy ko‘rsatkichlari, faoliyati hamda joriy holatini koronavirus pandemiyasi davrida saqlash bo‘yicha qabul qilingan preventiv choralari bilan yaqindan tanishdi. Tadbir natijalariga ko‘ra, Bankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar hamda biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirish kutilmoqda. Aytish joizki, mazkur onlayn uchrashuvlar O‘zsanoatqurilishbankning tashqi mavqeiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, xalqaro kapital bozoridagi imijini yuksaltiradi. Bank Axborot xizmati Orqaga qaytish 26 Boshqa yangiliklarOʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlamoqdaXalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi 25 mln. AQSh dollariga teng moliyalashtirish liniyasi to‘g‘risida bitim imzoladiToshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki ochildi
Uzsanoatqurulishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
Энди 24 фоизлик автокредит ҳам бор!

05.05.2021

Энди 24 фоизлик автокредит ҳам бор!

Turon bank

“Universal” omonatining shartlari o’zgarishi haqida

05.05.2021

“Universal” omonatining shartlari o’zgarishi haqida

Tenge Bank

JOYDA mikroqarzlarida sizni qanday o'zgarishlar kutmoqda

01.05.2021

JOYDA mikroqarzlarida sizni qanday o'zgarishlar kutmoqda

Sqb.uz



Orphus tizimi