JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

O‘zsanoatqurilishbank Humo to‘lov tizimiga hamkor banklar qatorida

01.05.2019
O‘zsanoatqurilishbank Humo to‘lov tizimiga hamkor banklar qatoridaBugun, 2019-yil 1-maydan Humo milliy to‘lov tizimi kartalarini yalpi muomalaga chiqarish boshlandi. Bunday kartalar emitentlari qatorida O‘zsanoatqurilishbank ham o‘rin olgan. Milliy banklararo protsessing markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kartalarning oylik maoshlar uchun emissiyasi bepul, savdo ekvayringi uchun komissiya – 0,2 foizgacha, internet-ekvayring uchun komissiya – 1 foizgacha, tizim ichida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari komissiyasi umumiy o’tkazma miqdorining 0,5 foizgacha bo‘lishi kutilmoqda. Humo infratuzilmalari 1000 ta bankomat hamda 47990 ta terminalni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, poytaxtimizda Visa va Mastercard kartalarini qabul qiluvchi 1000 dan ortiq bankomat va 100 mingdan ziyod to‘lov terminallari o‘rnatish, keyinchalik butun respublikani bosqichma-bosqich qamrab olish rejalashtirilgan. Milliy banklararo protsessing markazi – «HUMO» to‘lov tizimi operatori mobil to‘lovlar texnologiyasini kengaytirishni ma’lum qildi. Bunday kartalar funksional jihatdan xilma-xil bo‘ladi: kredit, debet, bonus va b. Terminallar borasida ham o‘zgarishlar kutilmoqda. Savdo-servis nuqtalari uchun ikkita modifikatsiyadagi terminallar sotib olinmoqda. Ular yordamida nafaqat Humo kartalari, balki Mastercard, Visa, UnionPAY kartalari vositasida haq to‘lash mumkin bo‘ladi. «HUMO» bilan zamonaviy mahsulotlar ro‘yxati va xizmat ko‘rsatish rivojlanadi. Turli yutuqli o‘yinlar va aksiyalar o‘tkaziladi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq

25.12.2025

Kriptovalyutaga investitsiya: strategiya omaddan muhimroq



Orphus tizimi