O‘zsanoatqurilishbank investitsion faolligi O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdi

05.02.2020
O‘zsanoatqurilishbank investitsion faolligi O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yaxshi natijani qayd etdiO‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” reyting agentligi 2019-yil yakunlari bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbankning investitsion faolligini O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida eng yuqori o‘ringa loyiq deb topdi. “Ahbor-Reyting” reyting agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari va Markaziy banki raisi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda tasdiqlangan “Tijorat banklarining 2019-yilda investitsiya faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan Yo‘l xaritasiga asosan ishlab chiqilgan Metodologiya mezonlariga muvofiq tijorat banklarining 2019-yildagi investitsion faollik darajasi o‘rganilganda O‘zsanoatqurilishbankning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati reyting ro‘yxatining birinchi pog‘onasini egallagan. O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonlarida bankdan olingan ma’lumotlar sifat va daromadlilik, hajmiy, samaradorlik va xatarlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar doirasida tahlil qilinib, umumlashtirilganida jami 85,6 ball to‘plandi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabr oyida “Ahbor-Reyting” reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbankka xizmat ko‘rsatish sifatining eng yuqori – qA1 darajasini bergan edi. “Ahbor-Reyting” reyting agentligi 1995-yilda hukumat qarori bilan tuzilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi hisoblanadi. Agentlik tijorat banklari va shu kabi moliyaviy kompaniyalarning bank xizmatlarini monitoring qilib boradi va shu asosida reyting tuzadi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi