Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston banklari orasida birinchi boʻlib “Refinitiv” (Thomson Reuters) platformasida tahliliy materiallar joylashtirishni boshladi

11.04.2020
Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston banklari orasida birinchi boʻlib “Refinitiv” (Thomson Reuters) platformasida tahliliy materiallar joylashtirishni boshladi Joriy yilning 9-aprel kuni Oʻzsanoatqurilishbank “Refinitiv” (Thomson Reuters) ning “Eikon” platformasida “Koronavirusning jahon moliya bozorlariga taʼsiri” mavzusidagi tahliliy materialini joylashtirdi. Yuqorida qayd etilgan tahlilning ahamiyati hozirgi kunda dolzarb hisoblanib, unda moliya bozorlaridagi tartibsizliklar, koronavirusning global iqtisodiy oqibatlari, inqirozga qarshi choralar,     pandemiyaning Oʻzbekistonga taʼsiri hamda Oʻzsanoatqurilishbank yevroobligatsiyalari tahlili kabi mavzular yoritib berilgan. – Bu kabi tahliliy izlanishlarning bankimmz tomonidan doimiy ravishda joylashtirilishi jahon moliya bozori ishtirokchilarining respublikamiz moliya bozori haqidagi maʼlumotlarga boʻlgan talabini qondirishga hamda bankning jahon moliya bozorlari professional ishtirokchilari orasida tanilishiga imkoniyat yaratadi. Bu esa kelajakda Oʻzbekistonda yangi moliyaviy xizmat turlarini joriy etish va shu bilan bir qatorda xorijiy kapitalni yanada koʻproq jalb qilishga yordam beradi, – deydi Oʻzsanoatqurilishbank Biznes-tahlil markazi bosh mutaxassisi Sh.Usmonov. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, “Refinitiv” jamoasi tomonidan tahliliy materiallarini doimiy ravishda joylashtirib borish maqsadida Eikon platformasida Oʻzsanoatqurilishbank nomiga maxsus sahifa ochildi. Maʼlumot uchun: “Refinitiv” – bu jahon moliyaviy bozorlari uchun infratuzilma va maʼlumotlar yetkazib beruvchisi global platforma hisoblanadi.Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi

25.02.2026

TBC Bank Group Nyu-YorkdStrategiya kunini o‘tkazdi va O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish rejalarini taqdim etdi



Orphus tizimi