Oʻzsanoatqurilishbank – Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi eng yaxshi hamkor banki

30.10.2020
Oʻzsanoatqurilishbank – Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi eng yaxshi hamkor banki “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP) doirasida 2020-yilda Oʻzbekistondagi eng yaxshi hamkor banki deb topildi. TFP dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi 2020-yil 28-oktyabr kuni Singapurda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda oʻtkazildi. 2009-yilda tashkil etilgan OTB TFP dasturi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Oʻzsanoatqurilishbank 2013-yildan beri ushbu dasturda ishtirok etib kelmoqda. 2019-yil 1-iyulidan 2020-yil 30-iyuniga qadar Bank dastur doirasida Oʻzbekistonda eng koʻp tranzaksiya amalga oshirgan moliya muassasasiga aylandi. Taʼkidlash kerakki, Oʻzsanoatqurilishbank ketma-ket uchinchi yil mazkur mukofotga loyiq deb topilmoqda. Oʻzsanoatqurilishbank, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik bankining savdoni qoʻllab-quvvatlash dasturlarida ishtirok etadi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi