1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi. Batafsil

Oʻzsanoatqurilishbank PCI DSS standartiga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritdi

22.07.2020
Oʻzsanoatqurilishbank PCI DSS standartiga muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritdi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB auditdan muvaffaqiyatli oʻtdi va PCI DSS toʻlov kartalari industriyasi maʼlumotlarining 3.2.1 versiyasi boʻyicha xavfsizligi standartlariga muvofiqligi sertifikatini qoʻlga kiritdi. Toʻlov kartalari va mijozlar maʼlumotlari axborot xavfsizligi kompleks tekshiruvi Qualified Security Assessor (QSA) mavqeiga va toʻlov yechimlari axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan Compliance Control (Rossiya) xalqaro kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan. Mustaqil tashqi audit natijasida PCI DSS sertifikati topshirilishi bankning mijozlar bilan oʻzaro aloqasiga oid asosiy servislardan biri - OTR Smart internet-banking tizimida joriy etilgan axborotni himoya qilish choralarining zarur darajasining hamda VISA, Mastersard xalqaro toʻlov tizimlari talablariga muvofiqligining, shuningdek, toʻlov kartalari egalari maʼlumotlariga ishlov berish jarayonlariga boshqa choralarning isbotidir. Bank mijozlari uchun bu bank tomonidan kartaga doir maʼlumotlar axborot xavfsizligi talab darajasini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar jiddiyligini qoʻshimcha ravishda tasdiqlaydi. Maʼlumot uchun. PCI DSS – maxsus kompleks standart boʻlib, u bankning axborot va jismoniy xavfsizligiga talablar bilan 12 ta boʻlimdan iborat hamda butun dunyodagi banklar uchun bir xil hisoblanadi. U Visa International, MasterCard Worldwide, American Express, JCB, Discover and Diners Club xalqaro toʻlov tizimlari bilan toʻlov kartalari haqidagi axborot chiqib ketishi xavfini pasaytirish va barcha bozor ishtirokchilarining ehtimoliy yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida kelishilgan va joriy etilgan. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi.

04.09.2024

1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi.

Moneysend bilan Mastercard kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari!

19.08.2024

Moneysend bilan Mastercard kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari!

ZOOD Mastercard va Ipak Yo‘li Banki bilan birgalikda O‘zbekistonda birinchi muddatli to‘lov virtual kartasini taqdim etadi

16.08.2024

ZOOD Mastercard va Ipak Yo‘li Banki bilan birgalikda O‘zbekistonda birinchi muddatli to‘lov virtual kartasini taqdim etadi



Orphus tizimi