1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi. Batafsil

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” eʼlon qilindi

07.07.2022
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” eʼlon qilindi Joriy yilning iyul oyi Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” etib belgilandi. Bunda xarajatlarni elektr energiyasidan 30 foizga, isitish tizimi va issiq suvdan 25 foizga qisqartirish choralari koʻrilmoqda. Prezidentimiz raisligida shu yil 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidadolzarb masalalar muhokama qilinib, qator vazifalar belgilandi.   Xususan, 2023-yildan savdo va turli xizmat koʻrsatish obyektlari qatori tijorat banklari binolarida ham issiq suv taʼminoti va tashqi yoritishning bir qismini muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladigan boʻldi. Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida maxsus ishchi guruhi tuzildi. “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi”ni samarali oʻtkazishmaqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.  – Tabiiy zaxiralarni asrash va tejash har bir inson burchi boʻlgani boisenergiyadan foydalanishda davlat siyosatini samarali yuritishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi muntazam takomillashtirib borilmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari A.Ergashev. –Davlatimiz rahbari ushbu umummilliy ahamiyatga egaishlarni avvalambor oʻzimizdan boshlashimiz kerakligini, barcha darajadagi rahbarlar shaxsiy namuna koʻrsatib, oʻz uyi, ishxonasida muqobil energiya uskunasini oʻrnatishi zarurliginibejiz taʼkidlamadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barcha tarmogʻiga oid ustuvor vazifalardan biri, shubhasiz, energiya resurslaridan foydalanishda suiisteʼmolchilikka yoʻl qoʻymaslik va tejamkorlik bilan yondashishdan iboratdir. “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” doirasida barcha tarkibiy tuzilmalar va filiallarda biriktirilgan masʼul xodimlar ish olib boradi, malakali mutaxassislar jalb qilingan holda oʻquv seminarlari oʻtkaziladi. Bosh bank va filiallarda issiq suv isteʼmoli va tashqi yoritishning kamida 25 foizini quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalarini oʻrnatish orqali qoplash choralari koʻriladi.  Bank Axborot xizmati Orqaga qaytish 4 Boshqa yangiliklarOʻzsanoatqurilishbank filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga oʻtkazdiOʻzsanoatqurilishbank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi“Tadbirkorlar maktabi”ga keyingi mavsum uchun talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqdaYoz - bepul avtosug'urta vaqti!
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi.

04.09.2024

1-yarim yillik yakuniga ko‘ra, Kapitalbankning sof foydasi 775 milliard so‘mdan oshdi.

Moneysend bilan Mastercard kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari!

19.08.2024

Moneysend bilan Mastercard kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari!

ZOOD Mastercard va Ipak Yo‘li Banki bilan birgalikda O‘zbekistonda birinchi muddatli to‘lov virtual kartasini taqdim etadi

16.08.2024

ZOOD Mastercard va Ipak Yo‘li Banki bilan birgalikda O‘zbekistonda birinchi muddatli to‘lov virtual kartasini taqdim etadi



Orphus tizimi