JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida kreditlashning yangi mexanizmi qoʻllanilmoqda

16.06.2021
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida kreditlashning yangi mexanizmi qoʻllanilmoqda     Mamlakatimizda 2017-yilda boshlangan bank sohasidagi islohotlar bugungi kunga kelib faol bosqichga chiqdi.     Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tizimdagi transformatsiya jarayonlari bank biznesida yangicha muhitni shakllantirib, barcha amaliy chora-tadbirlarni mijozlarga yoʻnaltirgan holda ishlab chiqishga turtki berdi.     Xususan, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahatchilari koʻmagida kreditlash amaliyotlarini soddalashtirish, kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini oshirishga qaratilgan jiddiy choralar koʻrildi, bank xizmatlari ommabopligi oshirilib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishildi, aholi hamda tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy ochiqlik taʼminlandi.     Bank tomonidan 2020-yilning ikkinchi yarmida joriy qilingan anderrayting tizimi ana shunday ishlarning amaldagi ifodasidir. – Bundan 3-4 yil avval mijozlar huquq va manfaatlariga rioya etish hamda xizmat koʻrsatish madaniyati va bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada oshirishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilar edi, – deydi Oʻzsanoatqurilishbank Axborot xizmati rahbari – Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Behzod Bozorov. – Xususan, kreditlarni ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashgani bosh bank va filiallar oʻrtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga toʻsqinlik qilardi, kredit buyurtmalarini koʻrib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari, ayniqsa, inson omili borligi, tizimning avtomatizatsiya qilinmagani kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralardi. Chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlangani va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya uchun zamin yaratardi. Anderrayting tizimining joriy qilinishi ushbu muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun zamin yaratdi.     Taʼkidlash kerakki, 2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida tijorat banklari oldiga sohada zamonaviy servis yechimlari asosida axborot va moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish hamda moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda inson omili taʼsirini kamaytirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish talabi qoʻyilgan edi.      Shu bois Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda muassasani transformatsiya qilish jarayonida kredit ajratish jarayonining shaffofligini taʼminlaydigan, kredit boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan xolislik tamoyili asosida, shaxsiy manfaatlar ishtirokisiz qaror qabul qilishga asoslangan anderrayting tizimini ishga tushirishga katta eʼtibor qaratildi.      Natijada 2020-yilning iyun-avgust oylarida chakana savdo, avgust-oktyabr oylarida esa korporativ hamda kichik va oʻrta biznes yoʻnalishini ushbu tizim doirasida kreditlash yoʻlga qoʻyildi.     Anderrayting tizimining ishga tushirilishi natijasida:  - kredit ajratish bosqichlari 6 tadan 3 taga, muddati loyiha qiymati va maqsadidan kelib chiqib, 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi;  - korxonalarning mulkchilik shakli, kredit maqsadi, faoliyat turidan kelib chiqib qator yangi kredit mahsulotlari joriy etildi. Ajratilayotgan kreditlarlarni rasmiylashtirish va uning soʻndirilishigacha boʻlgan barcha jarayonlarni nazoratda ushlash uchun kreditlarni boshqarish xizmati tashkil qilindi.     Bugungi kunga kelib, ushbu ikki tuzilma Bank kredit portfeli sifatini saqlash hamda muammoli kreditlar ulushini kamaytirishda taʼsirchan mexanizm boʻlib xizmat qilmoqda.     2020-yilning oktyabr oyidan boshlab qoʻllanila boshlagan ushbu tizim natijasida:  - bankdagi muammoli kreditlar hajmi oʻtgan davrga nisbatan 3 baravarga kamayib, kredit portfeliga nisbatan 0,3 foizni tashkil qildi.  - muddati oʻtgan toʻlovlar holatlari mavjud boʻlgan kredit shartnomalari hajmi 23,4 foizga kamaydi.   - bank kredit portfeli sifati sezilarli darajada yaxshilandi.     Joriy yilda ham anderrayting tizimi asosida kreditlash amaliyotlari faol amalga oshirilmoqda. Yanvar-mart oylarida korporativ, kichik va oʻrta biznes hamda chakana biznes yoʻnalishida umumiy qiymati 2 375,2 mlrd. soʻm boʻlgan 895 ta kredit ariza kelib tushgan boʻlsa, shundan qariyb 60 foizi tasdiqlandi, qolgan qismi qayta koʻrib chiqish uchun filiallarga yoʻnaltirildi.     Shuningdek, joriy yilning 1-yanvaridan boshlab qarz miqdori maʼlum summa doirasida boʻlgan kichik va oʻrta biznes sohasidagi standart operatsiyalar boʻyicha qaror qabul qilish filiallar kredit komissiyasining qarorisiz amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi. Bu bilan mijozlarning kredit olish haqidagi murojaatlari qisqa muddatda hal etilishini taʼminlamoqda.      Eng asosiysi, Oʻzsanoatqurilishbankda joriy etilgan kreditlashning yangi mexanizmi tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.       Bank Axborot xizmati Orqaga qaytish 10 Boshqa yangiliklarQurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengashning ilk yigʻilishi oʻtkazildi"O‘zsanoatqurilishbank" ATB tanlov e'lon qiladiMoliya vazirligi, O‘zsanoatqurilishbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida mandat xati imzolandiOʻzsanoatqurilishbank va YETTB oʻrtasida 45 million dollarlik bitimlar imzolandi
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi