“O‘zsanoatqurilishbank” Tojikiston Respublikasi banklari bilan aloqalarni kengaytirmoqda

18.08.2018
“O‘zsanoatqurilishbank” Tojikiston Respublikasi banklari bilan aloqalarni kengaytirmoqda Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmonlari biznes forumida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Amonatbank” (Tojikiston) o‘rtasida 10 million AQSh dollarilik hamkorlik bitimi imzolandi. Mazkur kelishuvdan ko‘zlangan maqsad Tojikiston banklariga kredit liniyalarini taqdim etish orqali qo‘shni respublikaga eksport qilinayotgan O‘zbekiston mahsulotlari hajmini ko‘paytirishdir. Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyonbank” o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolangan edi. Bugungi kunda ushbu bitim bo‘yicha 5 million AQSh dollarlik kelishuv moliyalashtirildi. Shu bilan birga banklar uzoq muddatli kreditlash, xalqaro hisob-kitob, kliring singari yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi