“O‘zsanoatqurilishbank” transformatsiya qilinadi

07.08.2018
“O‘zsanoatqurilishbank” transformatsiya qilinadi “O‘zsanoatqurilishbank” va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida bankni eng ilg‘or tajriba va xalqaro standartlar asosida ish yuritadigan, moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh muassasaga tansformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Mazkur kelishuvga asosan “O‘zsanoatqurilishbank”da xizmat ko‘rsatishning bozor mexanizmlari yanada keng joriy etiladi, zamonaviy bank innovatsion xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini ko‘paytirish orqali aholi va tadbirkorlar uchun bank xizmatlarining ommabopligi oshiriladi, ayniqsa yurtimiz chekka hududlarida bank xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank”da  Markaziy Osiyodagi birinchi bo‘lib ishlab chiqarish ob'yektlarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga va energo-tejamkorligini oshirishga qaratilgan “Green banking” tizimi asosida moliyalashtirish mexanizmlari va xizmat turlari joriy etiladi.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi