«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bank «Roseksimbank» bilan kredit shartnomasini imzoladi

20.08.2018
«O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» bank «Roseksimbank» bilan kredit shartnomasini imzoladi «O‘zsanoatqurilishbank» va «Asaka» banki Rossiya eksport-import banki («Roseksimbank») bilan umumiy qiymati 141,56 million yevroga teng kredit bitimini imzoladi. Hujjat joriy yilning 17 avgust kuni Moskva shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda “Roseksimbank” hamda EKSAR vakillaridan iborat Rossiya eksport markazi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida imzolandi. Ushbu mablag‘ “O‘zsanoatqurilishbank” hamda “Asaka” bank tomonidan Toshkent metallurgiya zavodida yiliga 500 ming tonna yuqori sifatli sovuq katanli metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Qayd etish joizki, mazkur loyihaning amalga tatbiq etilishi avtomobilsozlik, mashinasozlik, qurilish, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish singari sanoatning jadal taraqqiy etayotgan tarmoqlarini xom ashyo bilan ta’minlashga xizmat qiladi. SFI Management Group kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha 2019 yilning so‘ngida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi