JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

Oʻzsanoatqurilishbank va Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi oʻrtasida bosh qaytamoliyalash shartnomasi imzolandi

30.10.2020
Oʻzsanoatqurilishbank va Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi oʻrtasida bosh qaytamoliyalash shartnomasi imzolandi 2020 yil 28 oktyabr kuni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib, Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (OʻzIQMK) bilan miqdoridagi bosh qaytamoliyalash shartnomasini imzoladi. Bu bank mijozlariga nafaqat yangi uylarni, balki ikkilamchi bozordagi koʻchmas mulklarga ham qulay shartlarda ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish imkonini beradi. 2020 yil 1 avgust holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklari ipoteka kreditlari hajmi 25 trillion soʻmga yoki mamlakat YAIMining 4 foiziga tengdir. Lekin banklar va rivojlanayotgan ikkilamchi ipoteka bozorlari uchun uzoq muddatli resurslarning yetishmasligi Oʻzbekistonda ipoteka bozori rivojlanishining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining barcha qatlamlari uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi oʻrtasida imzolangan yangi kelishuv yurtdoshlarimizga ham birlamchi, ham ikkilamchi bozordagi uy-joylarni 20 yilgacha muddatga yillik 18 foiz stavkasi asosida ipoteka krediti rasmiylashtirish imkonini beradi. “Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimiz aholisini har tomonlama qulay, arzon, sifatli uy-joylar bilan taʼminlash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda moliya muassasalari tomonidan qulay shartlarda ipoteka kreditlari koʻlamining ortib borayotgani yurtdoshlarimizning oʻzining kichik Vataniga ega boʻlishlarida muhim omil boʻlmoqda. Bugungi kelishuv esa bankimiz mijozlariga yanada qulay shartlardagi ipoteka kreditlaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratadi”, dedi Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Aziz Akbarjonov. “Biz ipoteka kreditlari bozorida juda muhim pallada turibmiz. Ipoteka bozorlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan nobank moliya instituti sifatida OʻzIQMK Oʻzsanoatqurilishbankni uzoq muddatli resurslar bilan taʼminlaydi. Bank sohasida yuksak urni va maqsadlariga ega boʻlgan ilgor moliya instituti bilan yakin xamkorligimizdan xursandmiz”, dedi OʻzIQMK Bosh direktori Murodjon Farmanov. Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistondagi yirik tijorat banklaridan biri sifatida bugungi kunda respublika boʻylab keng filiallar tarmogʻiga ega, 1 milliondan ortiq chakana mijozlariga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi nobank moliyaviy tashkiloti sifatida Moliya Vazirligi tomonidan 2019 yil 14 noyabrda qulay shartlardagi uy-joy fondlari yaratish va tijorat shartlari asosida mahalliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda 12 ta bank kompaniya aksionerlari hisoblanadi. Kompaniya resurslari banklarni va ipoteka krediti oluvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, yakuniy qarz oluvchi uy-joylarni kredit hisobiga sotib olayotganda qulay va uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi