JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

Oʻzsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi

18.11.2021
Oʻzsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi Oʻzsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti (Rossiya) oʻrtasida bank tizimiga rahbar xodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi. Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni hamda mazkur hujjat asosida tasdiqlangan shu mazmundagi strategiyada tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari hamda salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish, kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish va bank kadrlarini uzluksiz oʻqitish tizimini joriy qilish masalalari alohida oʻrin olgan. Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalardan kelib chiqib keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, transformatsiya jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash maqsadida birgina Rossiya Federatsiyasidagi oʻnga yaqin moliya muassasasi bilan yaqindan sheriklik munosabatlari oʻrnatilgan. Ular orasida Rossiya Sberbanki bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari eʼtiborga molikdir. Bugungi kunda tomonlar oʻrtasida savdoni moliyalashtirish boʻyicha olib borilayotgan hamkorlik natijasida 14,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi loyihalar moliyalashtirilgan. Rossiya rubli va AQSH dollarida ochilgan “Nostro” vakillik hisob raqamlari mijozlarga xizmat koʻrsatishda qoʻl kelmoqda. Endilikda Sberbank bilan hamkorlik xodimlar malakasini oshirish borasida ham samarali kechadi. Sberbank korporativ universiteti bilan tuzilgan memorandumga muvofiq, Bank tomonidan transformatsiya jarayonlarini muvaffaqyatli yakunlash, shu jumladan, iqtidorli va istiqbolli yosh mutaxassislarni tanlab olish, kadrlarning maqsadli zaxirasini yaratish va ularning nufuzli xorijiy moliya institutlarida stajirovkalarini tashkil etish, ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda yuqori texnologiyali vositalarni keng qoʻllash koʻzda tutilgan. Ushbu bitimga koʻra, tomonlar oʻrtasida oʻquv kurslari va malaka oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. Bankning iqtidorli va istiqbolli mutaxassislari uchun Sberbank korporativ universitetiga stajirovkalari tashkil etiladi.   Bank Axborot xizmati Orqaga qaytish 19 Boshqa yangiliklarFiribgarlardan ehtiyot bo‘ling!S&P Global Ratings Oʻzsanoatqurilishbankning kredit reytingi prognozini oshirdiOʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda ilk bora bank mahsulotlari tannarxini aniqlash mexanizmlarini joriy etadiOʻzsanoatqurilishbank YETTBning “Tavakkalchiliklarni taqsimlash boʻyicha dasturi” doirasida birinchi loyihani amalga oshirdi
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi

09.01.2026

So‘m yilni ijobiy natijalar bilan boshladi

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

26.12.2025

Yangi yilni Octobankning Welcome tarifi bilan kutib oling — maksimal nazorat, minimal komissiyalar

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi

25.12.2025

2025-yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan deyarli 7% ga o‘sdi



Orphus tizimi