O‘zsanoatqurilishbank xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati bo‘yicha SalamPay tizimiga ulandi

12.09.2019
O‘zsanoatqurilishbank xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati bo‘yicha SalamPay tizimiga ulandi O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekistondan Rossiyaga ketgan mehnat migrantlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida SalamPay tizimiga ulandi. Tizim xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatiga mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi afzalliklarga ega: – Mijoz bank shoxobchasiga tashrif buyurmaydi; – Xizmatdan Rossiyaning istalgan hududida turib, onlayn foydalanadi; – Xizmat uchun qo‘shimcha haq to‘lamaydi; – Tizimdan foydalanish uchun istalgan tilni (o‘zbek va rus) tanlash imkoni mavjud. Bunda faqat Rossiyadagi yurtdoshlarimiz o‘z mobil aloqa vositasi (Android)ga SalamPay mobil ilovasini yuklab olsa kifoya. Mehnat migrantlari tomonidan yuborilgan mablag‘lar O‘zbekistonda O‘zsanoatqurilishbankning xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalarida Contast tizimi orqali olinadi. O‘tkazma summasi (pul mablag‘i) oluvchiga o‘tkazilgunga qadar ilova balansida saqlanadi. Shu bois agar tizim foydalanuvchisi pul o‘tkazmasini bekor qilmoqchi bo‘lsa, dasturdagi “qaytish” tugmasini bosishi lozimdir. O‘tkazma holati ilovada onlayn kuzatiladi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi