JET: Qaysi banklarda kartani bepul olish mumkin? Batafsil

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro «SAP QUALITY AWARD-2021» tanlovida sovrindor bo‘ldi

06.05.2021
O‘zsanoatqurilishbank xalqaro «SAP QUALITY AWARD-2021» tanlovida sovrindor bo‘ldi        O‘zsanoatqurilishbankning “Byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish” loyihasi MDH mamlakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan “SAP Quality Awards” tanlovida “Raqamli evolyusiya” nominasiyasida g‘olib deb e'tirof etildi. 
    O‘zsanoatqurilishbank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda keng ko‘lamli transformasiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bankda “SAP Business Planning and Consolidation” dasturi (Germaniya) asosida amalga oshirilayotgan “Byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish” loyihasi ham mazkur jarayonlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.

   Ta'kidlash kerakki, “SAP Quality Awards” mukofoti SAP loyihalarini joriy etish bo‘yicha yetakchilikni namoyish qilib, biznes transformasiyasida salmoqli natijalarga erishayotgan kompaniyalarga taqdim etiladi. 

   Tanlov hay'ati e'tirofiga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbankning “Byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish” loyihasi barcha zaruriy talablarga mos keladi. Mazkur dastur MDH mamlakatlarida amalga oshirilgan eng yirik transformasiya loyihalaridan biriga aylandi.

   Bugungi kunda bankda “SAP Business Planning and Consolidation” dasturi negizida byudjetlashtirish jarayonini yuritish, bank mahsulotlarining samaradorligi va rentabelligini aniqlash, shuningdek, bank bo‘linmalari va filiallarida biznesni kuzatib borish imkonini beruvchi Yagona tizimlashtirilgan dasturiy ta'minot joriy etildi. 

   Bunda Bank byudjeti va rivojlanish strategiyasini o‘zaro bog‘lashning zamonaviy usullaridan foydalanildi. Bankning samaradorlik ko‘rsatkichlari – aktivlar (ROA) va kapital (ROE) rentabelligi, SPRED, sof foizli marja, CIR, LDR va boshqalarni avtomatik hisoblash mexanizmi yo‘lga qo‘yildi. Umuman olganda, 15 bosqichli ushbu loyihaning shu kunga qadar 9 ta bosqichidagi ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi. 

   O‘zsanoatqurilishbank transformasiya jarayonlari doirasida SAP texnologiyalariga tayanib, byudjetlashtirish va moliyaviy tahlil tizimini rivojlantirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bank tomonidan SAP dasturida transfert bahoni shakllantirish va xarajatlar allokatsiyasini dasturlashtirish metodologiyasini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.
Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

01.02.2026

So‘m o‘z pozitsiyalarini boy berdi, ammo bu uzoq davom etmaydi

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

28.01.2026

O‘zbekiston Markaziy banki va Kapitalbank nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuziya forumini o‘tkazdi

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?

23.01.2026

Har qanday vaziyatga chidamli portfel: nima uchun mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash kerak va buni qanday to‘g‘ri bajarish lozim?



Orphus tizimi