O’zsanoatqurilishbank xodimlari YTTB sertifikatlariga ega bo’ldi

12.11.2019
O’zsanoatqurilishbank xodimlari YTTB sertifikatlariga ega bo’ldi2019-yil 7-8-noyabr kunlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tashabbusiga ko’ra, O’zbekiston moliya institutlari hamda banklari mutaxassislarini uzluksiz tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturi doirasida O’zbekiston bank-moliya sohasi xodimlari uchun “Dokumentar akkreditivlar bo’yicha mutaxassis sertifikati” mavzusida ikki kunlik o’quv-amaliy kurs tashkil etildi. O’quv kursi davomida savdoga oid moliyalashtirishning joriy trendlari, jahon amaliyotida dokumentar akkreditiv shaklida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan Dokumentar amaliyotlar uchun unifikasiya qilingan qoida va me’yorlar «UCP-600» – qoidalar to’plami, shuningdek, yaqin kelajakda qayta ko’rib chiqiladigan va o’zgartiriladigan savdoni amalga oshirish xalqaro jarayonlariga muvofiq «Incoterms – 2010» kabi masalalar to’g’risida ma’lumot berildi. Ta’kidlash kerakki, «Incoterms – 2020» yangi tahrirda 2020-yilda qabul qilinadi. Umuman olganda, bunday o’quv seminarlar dokumentar operatsiyalar bo’yicha amaliy ishlarni bajarish orqali bank xodimlari dunyoqarashini kengaytirish, olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. O’quv dastur yakunlari bo’yicha O’zsanoatqurilishbank xodimlariga tegishli sertifikatlar topshirildi. Bank axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi