O‘zsanoatqurilishbank yana to‘rtta bank xizmatlari markazini ochdi

29.01.2020
O‘zsanoatqurilishbank yana to‘rtta bank xizmatlari markazini ochdiKuni kecha O‘zsanoatqurilishbank Toshkent, Buxoro, Xiva va Kogon shahrida navbatdagi Bank xizmatlari markazlarini ishga tushirdi. Joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga Murojaatnomasida bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rish lozimligi qayd etilib, 2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshirilishi ta’kidlandi. O‘zsanoatqurilishbank tomonidan zamonaviy standartlarni joriy qilishga qaratilgan transformatsiya jarayonlari faol amalga tatbiq qilinmoqda. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtirilib, zamonaviy bank xizmatlari va mahsulotlari ishlab chiqilmoqda. Hududlarda yangidan yangi zamonaviy Bank xizmatlari markazlari tashkil etilayotgani O‘zsanoatqurilishbankning “bank mijoz uchun” tamoyiliga sodiqligining amaldagi tasdig‘i bo‘lmoqda. Xususan, birgina 2019-yilda 35 ta Markaz, infokiosk va bankomatlarga ega 55 ta 24/7 ofisi ishga tushirildi. Kuni kecha bankning Yashnobod, To‘qimachilik, Qorovulbozor hamda Xorazm filiallari qoshida navbatdagi Bank xizmatlari markazlari hamda 24/7 ofislarining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Markazlarda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatadi. Mijozlarga, xususan, milliy va xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish, ular bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish, kredit olish uchun ariza berish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. 24/7 ofislari milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ixcham va zamonaviy markazlar tashkil etish ishlari faol davom etmoqda. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi