“Oʻzsanoatqurilishbank” yangi xizmat turini yoʻlga qoʻyganini eʼlon qiladi

16.07.2020
“Oʻzsanoatqurilishbank” yangi xizmat turini yoʻlga qoʻyganini eʼlon qiladi Joriy yil 16 iyuldan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB raqamli transformatsiya strategiyasi doirasida bank mijozlariga JOYDA mobil ilovasi orqali “Zolotaya korona” pul oʻtkazmalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish imkonini beruvchi yangi xizmatni joriy etmoqda. Endilikda mijozlarga yuborilgan pul mablagʻlari Oʻzsanoatqurilishbankning Visa kartalariga bir zumda tushadi va istalgan vaqtda bank kassalarida yechib olinishi yoki JOYDA ilovasining oʻzida Uzcard yoki HUMO kartasiga milliy valyutaga konvertatsiya qilinishi mumkin. Karantin talablariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida bank “Zolotaya korona” pul oʻtkazmalarining doimiy oluvchilari uchun VISA kartalarini chiqarish va ularni mijoz uyiga yetkazishni ham yoʻlga qoʻyadi. Shu bilan birga mijozlarga pul oʻtkazmalarini kartalarga mustaqil ravishda tushirish hamda mablagʻlarini istalgan bankning terminal va bankomatlarida yechib olish oʻrgatiladi. Kelgusida barcha pul oʻtkazmalari turlarini JOYDA mobil ilovasida birlashtirish ham koʻzda tutilgan boʻlib, bu mijozlarga transchegaraviy pul oʻtkazmalarini birgina ilovadan foydalangan holda kechayu-kunduz qabul qilish va yuborish imkonini beradi. Eslatib oʻtamiz, bir tomondan tovar ishlab chiqaruvchilar va savdo riteylerlarni, ikkinchi tomondan esa uy xoʻjaliklarini birlashtiruvchi JOYDA elektron savdo maydonchasi (marketpleys) joriy yilning may oyi boshida ishga tushirilgan boʻlib, yil oxirigacha uning foydalanuvchilar soni 300 mingga yetishi kutilmoqda. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi



Orphus tizimi