O‘zsanoatqurilishbank yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlarini taklif qiladi

12.06.2019
O‘zsanoatqurilishbank yuridik shaxslar uchun depozit sertifikatlarini taklif qiladi O'zsanoatqurilishbank xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun umumiy qiymati 200 000 000 000,0 (ikki yuz milliard) so'mni tashkil etuvchi depozit sertifikatlarini muomalaga chiqardi. Bank qimmatli qog'ozlarining ushbu turi bo'yicha foiz to'lovlari har oyda hisoblanib, mijozga keyingi oyning birinchi o'n kunligida to'lab boriladi. Depozit sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim ob'ekti bo'lishi mumkin. Depozit sertifikat uchun foiz to'lovlari quyidagicha: MuddatlariYillik ustama foiz miqdori (%da)181 kundan 365 kunlar davomidaQayta moliyalashtirish stavkasi minus 1,0 %366 kundan 730 kunlar davomidaQayta moliyalashtirish stavkasi minus 0,5 %731 kundan 1095 kunlar davomidaQayta moliyalashtirish stavkasi Bank depozit sertifikati bo'yicha foiz to'lovlarini O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi (amaldagi qayta moliyalash stavka 16%) o'zgargan taqdirda, ushbu o'zgartirish kiritilgan kundan e'tiboran belgilangan tartibda hisoblaydi va to'lab beradi. Depozit sertifikatlarini sotib olish uchun Bankning istalgan filialiga yoki Bosh ofisiga murojaat qilishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefon raqamlari: 78 120 45 07, 78 120 35 75.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi