JET: So'm yoki dollar omonatlari: O'zbekistonda qaysi biri foydaliroq? Batafsil

Oʻzsanoatqurilishbankda xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi

17.02.2022
Oʻzsanoatqurilishbankda xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi Joriy yilning 16-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbank tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy jabhalardagi huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, FHDYo va fuqarolik ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudidan vakillar, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Prezidentimizning 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda muhim bosqichni boshlab berdi. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi, «Ayollar daftari»ni shakllantirish va ular bilan manzilli ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi qayta tashkil etilib, vazifalari takomillashtirildi, har bir tegishli vazirlik va idoralar zimmasiga ularning vakolatlari doirasida topshiriqlar yuklatildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzsanoatqurilishbank tizimida 2000 ga yaqin xotin-qizlar faoliyat yuritadi. Bu koʻrsatkich umumiy xodimlar jamoasining qariyb 50 foiziga teng. Bu Bank kadrlar siyosatida gender xilma-xillikni taʼminlashga ustuvor ahamiyat berilayotganini ifodalaydi. – Bankimiz tizimidagi xotin-qizlarni ijtimoiy va psixologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularda liderlik qobiliyatini yuzaga chiqarib, rahbar xodimlar oʻrtasida gender tenglikni taʼminlash maqsadida 2019-yildan boshlab yirik bir loyiha – “SQB Ayollar klubi” ish olib bormoqda, – deydi Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Sh.Yakubov. – Klub faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning gʻoyaviy rahbari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova jalb etildi. Hozirgi kunga qadar klub 3 ta mavsumda tashkil etilib, har bir mavsum 6 oylik Hard va Soft skills yoʻnalishidagi treninglarni oʻz ichiga oldi. Oʻzbekiston Respublikasi Gender tengligini taʼminlash komissiyasi bizning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatimizni yuqori baholab, bank rasmiy saytini “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt” deya eʼtirof etdi. Bank tomonidan, shuningdek ayol xodimlarni sport-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etishga ham katta eʼtibor qaratiladi. Sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha Bosh bank hamda filiallararo musobaqalar muntazam tashkil etiladi. Kitobxonlik bellashuvlari oʻtkazilib, gʻoliblar munosib ragʻbatlantiriladi. Davra suhbatida soʻz olgan Adliya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi masʼullari oila, ish va oʻqishda xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli koʻrinishdagi rasmlari, videolarini tarqatish orqali ularning shaxsiy hayot daxlsizligini buzish holatlaridan himoyalash tizimlari haqida batafsil tushuncha berdi. Ayollarni ruhiy himoya qilish institutlari faoliyati bilan tanishtirdi. Spikerlarning oila va nikoh munosabatlari, oila psixologiyasi, ayollarning oʻziga ishonchini oshirish yuzasidan qilgan chiqishlari ham ishtirokchilar uchun qiziqarli kechdi.  Tadbirda Bosh bank hamda ZOOM platformasi orqali muassasaning 44 ta filialida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Bank Axborot xizmati Orqaga qaytish 50 Boshqa yangiliklarXalqaro kartaga ega mijozlar uchun e'lon!EIB kichik va o'rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydi“Tadbirkorlar maktabi”da 1-mavsum oʻquv kurslari boshlandiBank xodimlari Dubayda oʻtkazilgan roud-shouda qatnashdi
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.
Manba: Sqb.uz
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi