Oʻzsanoatqurilishbankdan yangi omonat - Sogʻligim-boyligim.

19.11.2020
Oʻzsanoatqurilishbankdan yangi omonat - Sogʻligim-boyligim. Oʻz salomatligiz xaqida foyda bilan qaygʻuring. Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni egalladi, shuning uchun nafaqat oʻzingiz va yaqinlaringiz sogʻligi xaqida qaygʻurish, balki kasallanganingizda davolanish uchun kerak boʻladigan oʻziga xos moliyaviy yostiq xaqida qaygʻurishingiz lozim. Shuning uchun Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yangi omonat turi Sogʻligim-Boyligim ishlab chiqildi. Omonatga pul naqd boʻlmagan koʻrinishda, plastik kartadan JOYDA ilovasi orqali qabul qilinadi. Omonatning minimal qiymati - 1 000 000 soʻm. omonat muddati davomida qoʻshimcha mablagʻlar qabul qilinmaydi. Bu muhim! Omonat mablagʻlari mijozning hohishiga sugʻurtalanishi mumkin. Yaʼni, agar omonat muddati davrida omonatchining sogʻligi yomonlashsa, sugʻurta shartnomasi asosida sugʻurta kompaniyasi tomonidan omonatchiga kelishilgan summa toʻlab beriladi.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.



Orphus tizimi