O’zsanoatqurilishbankka xizmat ko’rsatish sifati bo’yicha eng yuqori reyting bahosi berildi

25.11.2019
O’zsanoatqurilishbankka xizmat ko’rsatish sifati bo’yicha eng yuqori reyting bahosi berildi “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan “O’zsanoatqurilishbank” ATBga qA1 darajasida xizmat ko’rsatish sifati reytingi berildi. Reyting bahosini berish jarayonida agentlik tomonidan bankning 14 ta filialidagi yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan bank xizmatlari sifati bo’yicha tadqiqot o’tkazildi. O’rganishlar davomida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, orastaligi, ularning tashrif buyuruvchilar bilan muomala va muloqot madaniyati, mijozlar masalalarini hal etishga yordam berish istagi va shayligiga alohida e’tibor qaratildi. Bank binolarining jo’g’rofik joylashuvi hamda bank ofislarida xodimlar va mijozlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligi inobatga olindi. Shuningdek, mazkur filiallar mijozlari tomonidan to’ldirilgan so’rovnomalar va suhbatlar natijalaridan ham foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, “Ahbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan «O’zsanoatqurilishbank» ATBga yuqori zamonaviy xizmat ko’rsatish darajasini anglatuvchi qA1 reyting berildi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi