O‘zsanoatqurilishbankning sug‘urta kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

16.04.2019
O‘zsanoatqurilishbankning sug‘urta kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazildiO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zsanoatqurilishbank qoshida tashkil etilgan “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berdi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 20-martdagi buyrug‘iga asosan “PSB Insurance” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sug‘urta kompaniyasiga 2019-yil 5-aprel kuni sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berildi. “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasi umumiy sug‘urta sohasining 17 klassi bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urtani amalga oshiradi. Xususan, kompaniya baxtsiz hodisalardan va kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish, yer usti transport vositalarini sug‘urtalash, aviatsiya va dengiz sug‘urtasi, yo‘ldagi mol-mulni sug‘urta qilish, mol-mulkni olovdan, tabiiy ofatlardan hamda zarardan sug‘urtalash, avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish, kreditlarni hamda kafillikni sug‘urtalash, boshqa moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish singari yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi. “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi O‘zsanoatqurilishbank mijozlariga bank-moliya xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish imkonini beradi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

11.03.2026

5 million Uzum kartasi: mamlakatdagi eng talabgir bank mahsulotlaridan biri

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

04.03.2026

CAFA va Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi hamkorlik Memorandumini imzoladi

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda

26.02.2026

Uzum Bank mamlakat bo‘ylab bankomatlar tarmog‘ini kengaytirmoqda



Orphus tizimi