O‘zsanoatqurilishbankning yana bir kompaniyasi litsenziya oldi

03.03.2020
O‘zsanoatqurilishbankning yana bir kompaniyasi litsenziya oldiJoriy yilning 2-mart kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB guruhiga kiruvchi “SQB Securities” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga litsenziya berildi. Yangi kompaniya investitsion vositachi, investitsion konsultant, shuningdek, investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi hisoblanadi. “SQB Securities” direktori Amur Jalilov ta’kidicha, kompaniya xalqaro kapital bozoriga chiqish hamda xalqaro va mahalliy bozorlar o‘rtasida asosiy bog‘lovchilik o‘rnini mustahkamlashga e’tibor qaratadi. Shu maqsadda ham mahalliy, ham xalqaro hamkorlar bilan investitsiya-bank sohasida hamkorlikni mustahkamlash orqali kapital bozoriga innovatsion yechimlar, mahsulot va xizmatlar tatbiq etiladi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov tijorat banklarining kapital bozoriga professional ishtirokchilar sifatida faol kirib kelishini olqishladi. “Biz kompaniyalarimizning xususiylashtirish jarayonida chet ellik investorlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash hamda kapital bozorining likvidligini oshirish uchun banklarimiz va xalqaro investitsiya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish niyatidamiz”, dedi jumladan O.Nazirov.
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi

13.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

05.05.2026

Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Orphus tizimi