JET: Qaysi bankda birlamchi bozor uchun eng kam foizli ipoteka kreditlari mavjud? Batafsil

O‘zsanoatqurilishbankning yana ikkita Bank xizmatlari markazi ochildi

10.04.2019
O‘zsanoatqurilishbankning yana ikkita Bank xizmatlari markazi ochildiBugun, 2019-yil 10-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbankning Qashqadaryo va Xorazm mintaqaviy filiallari qoshida Bank xizmatlari markazi ochilish marosimi o‘tkazildi. Urganch hamda Qarshi shahrida faoliyatini boshlagan O‘zsanoatqurilishbank Bank xizmatlari markazlari ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda zamonaviy mebellar bilan jihozlangan. Ularda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Markazlarda mijozlar uchun hisob raqam ochish va kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan. Zamonaviy bankomat va infokiosklar 24/7 rejimida ishlaydi. Bu milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Qayd etish kerak, O‘zsanoatqurilishbank tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilmoqda. Maqsad - iste’molchilar manfaatlarini to‘la qanoatlantirish, xususan, ularga yanada yaqinlashish, jahon standartlari darajasida xizmat ko‘rsatish, yangi bank xizmatlari va mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib, tadbirkorlar hamda aholining mazkur turdagi xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iboratdir. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilayotgan mazkur markazlarning birinchisi joriy yil mart oyida Bankning Chilonzor filiali qoshida ochilgan edi. Bank Axborot xizmati
O‘zsanoatqurilishbank “O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

QQS to'lovchining ro'yxatdan o'tish kodi:   326030011774

MFO: 00440    
O'xshash yangiliklar
Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

24.11.2025

Visa PUBG MOBILE kartasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab mavjud!

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

25.11.2025

3D Secure bilan UnionPay onlayn to‘lovlari uchun yangi ishonchlilik darajasi

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi

24.11.2025

Ipak Yuli Bankning UnionPay kartalari bilan Alipay va WeChat’da to‘lov qilish yanada osonlashdi



Orphus tizimi