JET: Oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin? Batafsil

OAT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2013 yil 25 may kuni

10.05.2013

OAT «Aloqabank» Kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2013 yil 25 may  kuni, soat 09:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan OAT «Aloqabank» binosining majlislar zalida (3-qavat) o'tkazilishini ma'lum qiladi.

YIG'ILISH KUN TARTIBI:

  1. OAТ «Aloqabank» aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. OAТ «Aloqabank»ning 2012 yil ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.
  3. OAТ “Aloqabank”ning 2012 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2013 yildagi ustuvor vazifalari to’g’risidagi bank Boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.
  4. OAТ “Aloqabank”ning 2012 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.
  5. OAТ “Aloqabank”ning 2012 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik hisoboti.
  6. OAТ “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash hamda bankning foydasini taqsimlash.
  7. OAТ “Aloqabank”ning taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  8. OAТ “Aloqabank”ning 2013 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o’tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
  9. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko’p miqdorini belgilash.
  10. OAТ “Aloqabank” aksiyalarini sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo’llamaslik to’g’risida.
  11. OAТ “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.
  12. OAТ “Aloqabank” Kengashi a’zolarini saylash.
  13. OAТ “Aloqabank” Boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini qayta tuzish to’g’risida.
  14. OAТ “Aloqabank”ning 2013 yil I chorak ish faoliyati yakunlari bo’yicha hisoboti.
  15. OAТ “Aloqabank” aksiyadorlariga 2013 yilning I choragi yakuni bo’yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to’lash to’g’risida.

Umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aksiyadorlar ro’yxati 2013 yil 21 may kuni holatiga tuziladi. Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro’yxatga olish 2013 yil 25 may kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan AT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin.

Bankning elektron pochta manzili: info@aloqabank.uz

Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30.10.2024

Uzum Bank O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun Visa kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

25.10.2024

Kapitalbank Uzcard versiyasiga ko'ra korporativ biznesni rivojlantirish bo'yicha yetakchiga aylandi

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar

24.10.2024

Plum Tech UZCARD EXPO 2024 da: moliyaviy imkoniyatlarni o‘zgartiruvchi texnologiyalar



Orphus tizimi