JET: Kartadan kartaga 200 million so'mni komissiyasiz o'tkazish mumkinmi? Batafsil

OAT «Aloqabank» reytingi tasdiqlandi

25.04.2011

2011 yil aprel oyida Moody's xalqaro reyting agentligi ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning reyting bahosini B1/NP/E+; «barqaror» darajasida yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, bankning milliy va xalqaro valyutadagi uzoq muddatli depozitlar reytingini B1 va B2, hamda milliy va xalqaro valyutadagi qisqa muddatli depozitlar reytingini Not Prime darajasida tasdiqladi. Bankning barcha reytingi «barqaror» deb topildi.

Moody's baholashda, avvalambor MHXSga muvofiq tayyorlangan OAT “Aloqabank”ning 2010 yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tekshiruvi hisobotlariga asoslangan.

Aloqabank reytingi, 2010 yil yakuniga ko‘ra muddati o‘tgan yoki shartlari qayta ko‘rilgan kreditlarining yo‘qligi, kredit portfeli sifati ishonchli va barqarorligini ta'minlab turibdi. MHXSga muvofiq bank kreditlarini qadrsizlanishi umumiy kredit portfelida 2,26 foizni tashkil etib, ssudalar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zahirasi hisobidan (3 foiz) to‘liq qoplandi. Moody's takidlashicha, kredit portfelining yaxshi ko‘rsatkichlari hamda Aloqabankning korporativ va chakana mijozlar uchun pul o‘tkazmalari tizimida faol ishtirok etishi, asosan foizli daromadlar, shuningdek tushumlar va komissiya to‘lovlaridan (2010 yil yakuniga ko‘ra, umumiy amaliyotdagi daromaddan 43 foiz va 39 foiz) iborat bo‘lgan bank daromadlarining barqaror oqimlarini ta'minlamoqda.

Moody's takidlashicha, oxirgi yillarda sohaviy zichlik darajalari bir muncha yaxshilandi, yirik industriya (telekommunikatsiya sektori)ga berilgan kreditlar, umumiy kredit portfelining 2009 yil yakuniga ko‘ra 25 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi paytda 18 foizga tengdir. 

Shuningdek, Moody's bank aksiyadorlari tomonidan bank kapitalining doimiy qo‘llab-quvvatlanishini ijobiy deb hisoblaydi. 2010 yil mobaynida kapitalga kiritilgan 15 mlrd. so‘m ($ 9,15 mln.) miqdoridagi mablag‘ evaziga bank aksiyadorlik kapitali 35 foizga oshgan. Bundan tashqari, aksiyadorlar tomonidan yana yaqin ikki yil mobaynida kapital to‘ldirilib borilishi kutilmoqda. 

          

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

04.07.2024

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Kapitalbank”ga “Barqaror” prognoz bilan “B” darajadagi reytingini berdi

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

02.07.2024

“S&P Global Ratings” xalqaro agentligi "Kapitalbank" reytingini “B”dan “B+”ga ko‘tardi.

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi
Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi



Orphus tizimi