OAT «Aloqabank» Kengashi aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi 2014 yil 23 may kuni, soat 9:00 da, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan OAT «Aloqabank» binosining majlislar zalida o'tkazilishini ma'lum qiladi.
YIG'ILISH KUN TARTIBI:
1. OAT «Aloqabank» aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. OAT «Aloqabank»ning 2013 yil ish faoliyati yakunlari bo'yicha bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.
3. OAT “Aloqabank”ning 2013 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2014 yildagi ustuvor vazifalari to'g'risidagi bank Boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.
4. OAT “Aloqabank”ning 2013 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.
5. OAT “Aloqabank”ning 2013 yil ish faoliyati yakuni bo'yicha auditorlik hisoboti.
6. OAT “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash hamda bankning foydasini taqsimlash.
7. Bankning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yo'li bilan ko'paytirish va bank ustaviga tegishli o'zgartishlar kiritish yuzasidan bank Kengashiga vakolat berish to'g'risida.
8. OAT “Aloqabank” aktsiyalarini sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo'llamaslik to'g'risida.
9. OAT “Aloqabank” Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.
10. «OAT «Aloqabank» aktsiyadorlarining Umumiy yig'ilishi to'g'risida»gi, «OAT «Aloqabank» Kengashi to'g'risida»gi, «OAT «Aloqabank» Boshqaruvi to'g'risida»gi va «OAT «Aloqabank» Taftish komissiyasi to'g'risida»gi Nizomlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.
11. OAT “Aloqabank”ning 2014 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o'tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.
12. OAT “Aloqabank”ning taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
13. OAT “Aloqabank” Kengashi a'zolarini saylash.
14. OAT “Aloqabank” Boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish to'g'risida.
15. OAT “Aloqabank”ning 2014 yil I chorak ish faoliyati yakunlari bo'yicha hisoboti.
16. OAT “Aloqabank” aktsiyadorlariga 2014 yilning I choragi yakuni bo'yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to'lash to'g'risida.
17. OAT “Aloqabank”ning daromad keltirmayotgan aktivlarini boshqa shaxs foydasiga voz kechish to'g'risida.
OAT «Aloqabank» Kengashining 2014 yil 22 apreldagi yig'ilishi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlar ro'yxati 2014 yil 19 may kuni holatiga hamda umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish uchun aktsiyadorlar ro'yxati 2014 yil 22 aprel kuni holatiga tuziladi.
Bank aksiyadorlarini va majlis qatnashchilarini ro'yxatga olish 2014 yil 23 may kuni soat 8:00 dan 8:50 gacha davom etadi.
Aksiyadorlar o'zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi ma'lumotlari bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko'chasi, 4-uyda joylashgan OAT «Aloqabank»da tanishishingiz mumkin. Ma'lumot uchun telefonlar: 232-83-67, 233-47-29.
OAT «Aloqabank» Kengashi aktsiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi 2014 yil 23 may kuni