OAT "Aloqabank"ning filiallar tarmog'i kengaydi.

06.02.2012

Poytaxtimizda Ochiq aksiyadorlik-tijorat “Aloqabank”ning yangi “Mirobod” filiali ish boshladi. Ushbu filial Mirobod tumani Nukus ko’chasi 22-uyda joylashgan bo’lib, aholiga va tadbirkorlarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan.

Bugungi kunda OAT “Aloqabank”ning Toshkent shahrida, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyat markazlarida 13 ta filiali, 26 ta minibanki, 101 ta jamg’arma va maxsus kassalari hamda 38 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarga, kichik biznes korxonalariga, xususiy tadbirkorlarga hamda aholiga turli bank xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda.

Bank o‘z filiallari va mini-banklarni ochish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan ko‘proq aholi va tadbirkorlar foydalanishi, vaqt va mablag‘ sarfini kamaytirish maqsadida o‘z faoliyati ko‘lamini kengaytirmoqda.

 

Aloqabank Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 1994 yil 12 oktabrda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxonalari hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan.
Manba: Aloqabank
O'xshash yangiliklar
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

24.04.2026

Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

23.04.2026

Tashkent City’da Asterium kriptoekotizimining flagman ofisi ochildi. U xavfsizlik, shaffoflik va premial foydalanuvchi tajribasiga urg‘u berilgan yangi makondir.

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik

23.04.2026

Biznes — bu to'g'ri qarorlar va ishonchli hamkorlik



Orphus tizimi