Ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” aholiga milliy va xorijiy valyutada quyidagi yangi omonat turlarini taqdim etadi.
Milliy valyutada:
“Barakali mavsum” - omonatga mablag‘lar 2-6 oyga qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Yaxshi niyat” - omonatga mablag‘lar 12-24 oyga qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Talaba”- omonatga mablag‘lar 14 oyga qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har 3 oyda to‘lab beriladi.
Xorijiy valyutada:
“Finans”- omonatga mablag‘lar 12 oyga qabul qilinadi va hisoblangan foizlar omonatchi talabiga ko‘ra har oyda yoki omonat muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi.
“Kapital” - omonatga mablag‘lar 4 oyga qabul qilinadi va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Fortuna” - omonatga mablag‘lar 1 oyga qabul qilinadi va hisoblangan foizlar omonat muddati tugagandan so‘ng to‘lab beriladi.
Bankdagi omonatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF - 4057 - sonli Farmoni asosida to‘liq kafolatlanadi.
13.05.2026
Central Asian Fintech Association (CAFA) Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan menejerlar va IT yetakchilari uchun eng muhim tadbirlardan biri — Manager’s Conference 2026 tadbirining hamkori va ishtirokchisi sifatida qatnashadi
05.05.2026
Janubiy Koreyadan pul o‘tkazmalari yanada qulaylashdi: Octobank HUMO kartalariga E9PAY uladi
24.04.2026
Qashqadaryo: ANORBANK 150 nafar maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonlik darslarini o‘tkazdi
OATB “Qishloq qurilish bank” aholiga yangi omonat turlarini taqdim etadi