JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Ochiq aksiyadorlik tijorat banki “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlari diqqatiga!

01.04.2014


 

2014 yil 25-aprel kuni soat 10.00 OATB “Qishloq qurilish bank”ning aksiyadorlari Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy.

Aksiyadorlar 2014 yil 25-aprel kuni soat 9.00 dan 10.00 gacha ro‘yxatga olinadi.

 

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

I. Bankning 2013 yildagi faoliyati bo‘yicha bank Kengashining hisoboti

 

II. OATB “Qishloq qurilish bank”ning 2013 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti va 2014 yilga belgilangan ustuvor vazifalar

 

III. Bankning 2013 yildagi faoliyati bo‘yicha Taftish komissiyasining hisoboti

 

IV. 2013 yil 31-dekabr holatiga bankning buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash

 

V. 2013 yil faoliyati yakuni bo‘yicha bank foydasini taqsimlash

 

VI. Elon qilinadigan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash

 

VII. Bankning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash

 

VIII. Bank Kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini saylash hamda Boshqaruv a’zolari tarkibini tasdiqlash

 

IX. Bankning 2014 yil faoliyati yakuni bo‘yicha auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash

 

X. Aksiyadorlar tomonidan belgilangan davo muddatida talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyorida qoldirish

 

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2014 yil 21-aprel holatiga ko‘ra tuziladi.

 

OATB “Qishloq qurilish bank Kengashining 2014 yil 25-martdagi qaroriga asosan:

  1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni habardor qilish uchun reestr yopiladigan sana: 2014 yil 25-mart.

  2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etadigan aksiyadorlar reestri yopiladigan sana:                2014 yil 21-aprel.

BRB
O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi

13.08.2025

O‘zbekiston Milliy banki biznes uchun kreditlar miqdorini oshirdi va moliyalashtirish shartlarini soddalashtirdi



Orphus tizimi