Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi. Batafsil

Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi

06.05.2025

Faxriy mukofot bankka 3 may kuni Toshkentda o‘tkazilgan Brand Awards International mukofoti doirasida topshirildi.

Brand Awards International VIII mukofoti yakunlari bo‘yicha Octobank «2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ilgari «Yil brendi» nomi bilan tanilgan mukofot xalqaro formatga o‘zgardi, bu O‘zbekistonning yetakchi brendlarining bir yil davomidagi biznes yutuqlarini tasdiqlovchi omildir.

Tantanali taqdirlash marosimi 3 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Mukofot tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi ishtirok etish va brendlarning eng muhim yutuqlarini taqdim etish hamda ularning qiymatini aniqlashning maqbul formatini tayyorladilar. 

Bank uz — 1600 х 900_Octobank_2.jpg

«Brand Awards International mukofoti brendlarga o‘z qadriyatlari haqida so‘zlab berishga, iste’molchilarga esa – ongli tanlov qilishga yordam beradi. Ushbu format orqali iste’molchilar brendlarning qiymati va ishonchliligi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Brend – bu nafaqat logotip, brend – bu, iste’molchilar uchun tushunarli va qabul qilinadigan, kompaniya va mahsulotning kelgusi yillardagi aniq rivojlanish strategiyasidir» – deydi O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.

Brand Awards International noyob formati birinchi marta O‘zbekistonda brendlarning indikativ qiymatini baholash imkonini berdi. Bu ishni Gafurov Kardash and Partners mustaqil sarmoyaviy-konsalting kompaniyasi amalga oshirdi.

«Ishimizni yuqori baholaganingiz uchun minnatdormiz. Soha mutaxassislari tomonidan berilgan faxriy mukofot – bizning ishimizning qimmatli natijasi hamda Octobank jamoasi tanlagan strategiyaning to‘g‘riligini tasdiqlovchi yutuqdir. Biz mijozlarimizga eng yaxshi bank yechimlarini taqdim etgan holda, yangi texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha faol ishlarimizni davom ettiramiz», – dedi «Octobank» AJ Boshqaruv Raisi Iskandar Tursunov.

BANK HAQIDA:

Octobank 20 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston bozorida raqamli infratuzilmani rivojlantirib, elektron tijoratni o‘z mijozlari uchun qulay va foydalanishga oson qilib kelmoqda. 3 milliondan ziyod jismoniy shaxslar va 2500 dan ortiq korporativ mijozlar Octobankni xavfsizligi va xizmat afzalliklari uchun qadrlashadi.


Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

07.05.2025

Paynet xalqaro strateglardan iborat kuzatuv kengashini shakllantirganini rasman e’lon qildi.

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

05.05.2025

«Kapitalbank» ATB rahbariyat tarkibini kadrlar zaxirasi hisobidan kengaytirmoqda

Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi

02.05.2025

Paynet Londondagi: Innovate Finance Global Summit 2025’da ishtirok etdi



Orphus tizimi