Octobank BS/2 xalqaro fintex kompaniyasi bilan memorandum imzoladi — u butun dunyo bo‘ylab banklarga zamonaviy bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tizimlarini ishga tushirishga yordam beradi. Kelishuv 2025-yil 28-29-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan PLUS forumi doirasida imzolandi. Octobank tomonidan hujjatni boshqaruvchi direktor — Chakana savdo bloki rahbari Rustam Rafikov, BS/2 tomonidan esa — kompaniya bosh direktori Idrakas Dadashovas imzoladilar.
Kompaniyalar birgalikda Octobank bankomatlari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirishni rejalashtirmoqda: ularning funksional imkoniyatlari yanada kengayadi, ulardan foydalanish esa yanada oson va qulay bo’ladi.
Nima o‘zgaradi:
• naqd pulni nafaqat beruvchi, balki qabul qiluvchi qurilmalar ulushining ortishi hisobiga bankomatlar tarmog‘i modernizatsiya qilinadi;
• ular orqali xizmatlarga to’lov qilish, hisobni to‘ldirish va valyuta ayirboshlash yanada qulay bo‘ladi;
• bankomatlar yanada ishonchli ishlaydi — masofadan boshqarish va naqd pulni “aqlli” taqsimlash tizimi joriy etiladi;
• xavfsizlik darajasi oshadi — bankomatlarga kirish elektron qulflar va bir martalik parollar bilan himoyalanadi.
Tomonlar kelishuvni uch yilga imzoladilar.
________________________________________
Octobank — O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi universal raqamli bank. Bank xususiy va korporativ mijozlar uchun keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi.
BS/2 — Litvaning Penki kontinentai kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi xalqaro fintex kompaniyasi. Bank o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yechimlari: bankomatlar, resayklerlar, qurilmalarni boshqarish uchun dasturiy ta’minot, kiberxavfsizlik va tahlil tizimlari bo‘yicha ixtisoslashgan.
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi