Dunyodagi eng yirik reyting agentliklaridan biri hisoblangan Moody’s Octobankka uzoq muddatli B3 darajali xalqaro kredit reytingini berdi. Reyting bo‘yicha prognoz — barqaror.
Moody’s baholashiga ko‘ra, Octobank 2024-yil yakunida yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishgan: sof foyda 144 milliard so‘mni tashkil etdi, aktivlar rentabelligi — 4,8%, aktivlarning qariyb 80 % esa likvid mablag‘lardan iborat. Bankning kapital darajasi yuqori: birinchi darajali kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti — 38%, umumiy kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti — 48,3 %, bu tartibga solish talablaridan deyarli ikki baravar yuqori va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy muammolarga bardoshlilikni ta’minlaydi.
Moody’s kelgusi 12-18 oy ichida bankning moliyaviy holati barqaror qolishini taxmin qilmoqda. Yangi mahsulotlarni ishga tushirish, mijozlar bazasini kengaytirish va joriy ko‘rsatkichlarni saqlab qolish evaziga Octobank reytingi oshishi mumkin, deya xabar beradi agentlik.
«Bu Octobank uchun birinchi xalqaro reyting — va ko‘rib turibmizki, bankimizning rivojlanish yo‘nalishi to‘g‘ri tanlangan. Moody’s reytingi bizga xalqaro hamkorlar bilan yanada barqaror munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi va global bozordagi nufuzimizni oshiradi. Yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarimiz bor va bu kelgusi yillarda bankimiz ravnaqining asosiy omili bo‘ladi», — deb ta’kidladi Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.
Octobank — O‘zbekiston bozorida 20 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan universal xususiy bank. Bank raqamli infratuzilmani rivojlantirmoqda, 3 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga va 2500 dan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Moody’s — dunyodagi yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biri. Agentlik moliyaviy ko‘rsatkichlar, biznes modeli, xavflarni boshqarish va iqtisodiy tahdidlarga chidamlilikni tahlil qiladi.
“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.
Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.
Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi