JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Octobank IT Park rezidentlariga xalqaro bozorga chiqish uchun internet-ekvayring taqdim etadi

21.04.2025

Kompaniyalar hamkorlik bitimini imzoladilar: endi IT Park texnoparki rezidentlari Octobank internet-ekvayring yordamida to‘lovlarni dunyoning barcha burchagidan qabul qilishlari mumkin. Bu O‘zbekiston IT-kompaniyalarining xalqaro bozorga chiqishini osonlashtiradi. 

Hamkorlik shartlariga ko‘ra, Octobank texnopark rezidentlari — o‘yin xizmatlari va SaaS yechimlarini ishlab chiqayotgan startaplarga transchegaraviy hisob-kitoblar uchun to‘lov infratuzilmasini taqdim etadi. Bunday hamkorlik rezidentlarga xalqaro to‘lovlardan tezkor va xavfsiz foydalanish imkoniyatini yaratadi, bu esa ularning global bozordagi faoliyatini osonlashtiradi va raqobatbardoshligini oshiradi. 

«Biz IT Parkning izchil faoliyatini va har bir rezidentni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini yuqori baholaymiz. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston IT-kompaniyalarini yangi bozorlarga chiqish uchun vositalar bilan ta’minlab, mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytiradi», — dedi Elektron tijorat departamenti direktori Pavel Limarenka.

1600 х 900 — ban uz octobank.png

«Ishonchimiz komilki, ushbu memorandum rezidentlarimizning eksport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi va ularga global raqamli iqtisodiyotga tezroq integratsiyalashish imkonini beradi», — deya ta’kidladi Texnoparkning IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktori Maxliyo Muksinova.


Octobank — O‘zbekiston bozorida 20 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan universal bank. Bank raqamli xizmatlar va ekvayringni rivojlantirmoqda. Central Asia Expo E-commerce forumida Octobank « Elektron tijorat bo'yicha O‘zbekistondagi 2024-yilning eng yaxshi ekvayer banki » mukofotiga sazovor bo‘ldi.

IT Park — IT-kompaniyalarning o‘sishiga, xorijiy bozorlarga chiqishiga va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga yordam beruvchi texnopark. Rezidentlar orasida— yuzlab startaplar, jumladan, xalqaro jamoalar ham bor.


Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.

10.04.2025

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.

Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida

07.04.2025

Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida



Orphus tizimi