JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Octobank Oʻzbekistondagi onlayn-nashrlarda yoritilishi bo'yicha TOP-5 bank qatoriga kirdi

27.03.2025

Index marketing agentligi 2025-yil boshidan 15-martgacha mamlakat internet OAVlarida bank faoliyatiga bag'ishlangan nashrlar sonidan kelib chiqib tadqiqot o'tkazdi. 

Octobank Oʻzbekistondagi barcha xususiy banklar orasida onlayn OAVdagi nashrlar soni boʻyicha top-5 talikka kirdi. Reytingda Oʻzbekiston onlayn OAVdagi nashrlar hisobga olindi, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram e’tiborga olinmadi. Octobank 107 ta maqola bilan kuchli beshlikdan o'rin olgan.

«Biz uchun OAV larda eslatib o'tilgan mahsulotlar mijozlar uchun qanchalik qiziqarli va foydali ekanligining ko'rsatkichidir. Bu reyting bizga yetakchilar, mamlakat biznes landshaftini shakllantirganlar orasidagi o‘rnimizni baholashga va ular orasida qayerda turishimizni tushunishga yordam beradi. Biz mijozlarimizning hayotini yanada qulaylashtiradigan bank yaratmoqdamiz hamda biz haqimizda internet makonida qaydlar oshib borgan sari, odamlar biz va mahsulotlarimiz haqida shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishadi», — dedi Octobank Ijro Apparati rahbari Komiljon Saidov.   


Octobank — texnologik bank boʻlib, 20 yildan ziyod vaqt mobaynida mijozlarga qulay va sifatli servis taqdim etib kelmoqda. Bankning mijozlar bazasi 3 milliondan ortiq jismoniy shaxslar va 2500 dan ortiq korporativ mijozlarni oʻz ichiga oladi.

Index — Oʻzbekistondagi nufuzli marketing agentligi.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi



Orphus tizimi