JET: Qaysi banklar eng yuqori foizli valyuta omonatlarni taklif qilmoqda? Batafsil

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.

10.04.2025

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi.Octobank 9-10 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan E-commerce Central Asia Expo forumida O‘zbekiston elektron savdo sohasida yetakchi ekvayring banki sifatida maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Bank 2024 yilda elektron to‘lovlar bo‘yicha eng yaxshisi deb tan olindi.

Mukofotni tashkil etishda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Komiteti hamda O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ishtirok etgan.

Mukofotni bankning birinchi o‘rinbosari Dilshod Pulatovga topshirgani munosabati bilan O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi raisi Diyor Mirzaahmedov bankning raqamli to‘lovlar sohasidagi yorqin faoliyati va onlayn-biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim hissasini alohida ta’kidladi.

"Qabul qilingan mukofot biz uchun faqat tan olish emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli ishimizga berilayotgan yuqori bahodir. Biz yangi texnologiyalarni joriy etish, onlayn-biznes va tadbirkorlik sektorini qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib bormoqdamiz. Raqamli to‘lovlarni yanada tez, xavfsiz va qulay qilishga harakat qilmoqdamiz. Yuqori baholanganimizdan minnatdormiz va O‘zbekistonda elektron savdoni rivojlantirishdagi rolimizni yana-da kuchaytirishda davom etamiz", — dedi bank raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Pulatov.

1600 х 900 — bank uz octobank.png

Forumda, yirik tadbirkorlar, ekspertlar, investorlar va texnologiya tashkilotlari ishtirok etdi, Octobank esa ekspozitsiya zonasida ishtirok etdi hamda tadbirning ishbilarmonlik dasturiga ko‘maklashdi.

Avvalroq Octobank Visadan 2024 yilda ekvayring tranzaktsiyalarining rekord holatda amalga oshirilganligi uchun "Best e-com acquirer" nominasiyasidan mukofot olingan edi.

1600 х 900 — bank uz octobank.png

Forum haqida: E-commerce Central Asia Expo – Markaziy Osiyoda elektron savdo ekosistemasini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yirik maydonlardan biri bo‘lib, mahalliy biznesni onlayn muhitga chiqarish, tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va zamonaviy e-commerce echimlarini ilgari surishga qaratilgan.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

17.04.2025

Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida

07.04.2025

Kelajakka g'amxo'rlik bilan: Octobank ESG-loyihalari bilan Toshkent mahallalarida

Octobank brendining qiymati 30 million AQSh dollarini tashkil qildi

02.04.2025

Octobank brendining qiymati 30 million AQSh dollarini tashkil qildi



Orphus tizimi