JET: Dollar kursini kimdir o'yin qilyaptimi yoki kurs "sakragani" normal holatmi? Batafsil

Octobank S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingi agentligidan “Barqaror” prognoz reytingini oldi.

22.04.2025

Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri S&P Global Ratings Octobankni chet el va milliy valyutadagi majburiyatlar bo‘yicha uzoq muddatli «B-» darajasidagi hamda qisqa muddatli «B» darajasidagi reytinglarga munosib deb topdi. Reytinglar bo‘yicha prognoz — «Barqaror».

«B-» reytingi bankning iqtisodiy tebranishlarga o‘rtacha darajada ta’sirchan holda majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ifodalaydi. «Barqaror» prognozi esa kelgusi 12-18 oy mobaynida joriy baholashning o‘zgarishsiz saqlanib qolishini anglatadi.

2024 yil yakunlariga ko‘ra, Octobank aktivlari yildan- yilga 33,6 %ga ko‘payib, 3,2 trillion so‘mni tashkil etdi, sof foyda — 101,7 % oshib, 150,7 milliard so‘mga yetdi, xususiy kapital — 57,5 % o‘sib, 755 milliard so‘mni tashkil qildi. 2025 yilning birinchi choragida foyda 108,5 milliard so‘mni (2024 yilning birinchi choragiga nisbatan +397,5%) tashkil etib, deyarli butun yillik natijaga tenglashdi. Bu esa bankning barqaror daromadliligini va xarajatlarni samarali boshqarayotganini tasdiqlaydi.   


Octobank — O‘zbekiston bozorida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan universal xususiy bank. Bank raqamli infratuzilmani rivojlantirmoqda, 3 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga va 2500 dan ortiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda

S&P Global Ratings — dunyodagi uchta yirik kredit reyting agentliklaridan biri. U davlatlar, korporatsiyalar va moliyaviy vositalarga uzoq muddatli reytinglar belgilaydi; uning baholaridan investorlar, banklar va xalqaro tashkilotlar kredit xavfini tahlil qilish uchun foydalanadilar.

Octobank

“Octobank” aksiyadorlik jamiyati 2001 yil iyun oyida asos solingan. 2001 yil 23 iyunida Bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi 70-sonli litsenziya olingan. 2002 yil noyabridan Bank Fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi banklaridagi omonatlarini kafolatlash Fondi, “Toshkent” fond birjasi, hamda O'zbekiston Respublikasi Banklar assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi.


Hozirgi paytda Bank asosiy e'tiborni quyidagilarga qaratmoqda:


  • Mijozlarga xizmat ko'rsatishda bir xil yondashuvga amal qilish;
  • Xizmat ko'rsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirib borish;
  • Xizmat ko'rsatish sifatini oshirib borish;
  • Har bir mijozga alohida yondoshgan holda standart texnologiyalarni tadbiq etib borish;
  • Shaxsiy menedjerlar xizmatlarini tashkil etish;
  • Mijoz bilan Bank bo'linmalari o'rtasida munosabatlarning samaradorligini oshirib borish;
  • O'zgaruvchan tarif siyosatini olib borish, mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini mustaxkamlash.

Bankning yaqin 5 yilga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturining ustivor yo'nalishlaridan biri filiallar va mini-banklar ochish orqali bank infratuzilmasini kengaytirishdan iborat.

Bank infrotuzilmasini kengaytirish dasturining amalga oshirilishi Bank faoliyati ko'lamining barqaror o'sib borishini ta'minlaydi. Bunda Bank asosiy e'tiborni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyalashtirishga qaratadi.



O'xshash yangiliklar
Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

05.09.2025

Kapitalbank BMTTDning “Umidani chaqiring” tashabbusiga qo‘shildi

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

19.08.2025

Mikroqarzni qachon olish maqsadga muvofiq: Octobank tahlili

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi

12.08.2025

2025-yil birinchi yarim yilligi yakunlari: Octobank ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sishi va hamkorliklarning kengayishi



Orphus tizimi